O'zbekiston

Sirdaryoda chiyabo‘ri to‘rt fuqaroga hujum qildi

Hodisa yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryoda chiyabo‘ri to‘rt fuqaroga hujum qildi

 

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida chiyabo‘ri hujumi oqibatida to‘rt nafar fuqaro jarohat oldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, hodisa 9-iyun kuni soat taxminan 17:30 da Guliston tumanining “Ishonch” mahallasi dala chetiga yaqin hududida sodir bo‘lgan. Yovvoyi hayvon to‘rt nafar fuqaroga hujum qilgan.

 

Hodisa vaqtida mahallada yashovchi fuqarolardan biri tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, chiyabo‘ri zararsizlantirilgan va mavjud xavf bartaraf etilgan.

 

Jarohatlangan fuqarolarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ular shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, salomatlik holati qoniqarli ekani bildirilmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish va profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Vaziyat mutasaddi idoralar nazoratiga olingan.

custom img

17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligi bugunoq ko‘rib chiqiladi

Sanoat va eksport rejalari bajarilmagan hududlar tanqid qilinib, mas’ullarga qat’iy ogohlantirish berildi.

custom img

Prezident banklar faoliyatini keskin tanqid qildi: Uch oyda natija bo‘lmasa, rahbar lavozimini tark etadi

Vazirlik va idoralarga byurokratiya, jarima hamda ortiqcha yig‘imlarni qisqartirish bo‘yicha bir haftalik muddat berildi.

custom img

Rejalarni bajarmagan rahbarlar xotirjam ishlashga haqli emas — Shavkat Mirziyoyev

Hudud va tarmoq rahbarlarining olti oylik faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

O‘zbekistonda 1,5 mingga yaqin fuqaro o‘zi bexabar ishga joylashtirilgan

Murojaatlar asosida 143 ta korxona rahbariga nisbatan ma’muriy va jinoiy choralar ko‘rildi.

custom img

O‘zbekistonda islomiy bank ochish uchun yangi talablar belgilandi

Islom huquqi va moliya yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun kamida 5 va 7 yillik ish tajribasi talabi joriy etildi.

custom img

Qoraqalpog‘istonda kreditga olingan BYD auksionda sotildi

Qarzdor fuqaro bankdan kredit olib, uni to‘lamagan. Shundan so‘ng avtomashina xatlanib, auksionga chiqarilgan.

custom img

Toshkentda alimentdan qarzdor ota choyxonadan topildi

Maʼlum bo‘lishicha, sirdaryolik qarzdor ota Toshkentda topilgan, aliment qarzini ish beruvchi to‘lab bergan.

custom img

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

Elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish bo‘yicha tarixiy eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"