Iqtisodiyot

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tayotgan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yalpi majlisida nutq so‘zladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

 

Prezident global iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar, mintaqaviy hamkorlik va barqaror rivojlanish masalalariga to‘xtaldi.

 

Davlat rahbari forumda ishtirok etish imkoniyati uchun Vladimir Putinga minnatdorlik bildirib, Samiya Suluhu Hassan hamda Xan Chjengni qutladi.

 

Prezident o‘z nutqida Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi o‘ttiz yil davomida jahon miqyosidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun nufuzli muloqot maydoniga aylanganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiyani tarixiy, madaniy hamda insoniy rishtalar bog‘lab turishini qayd etdi.

 

Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab o‘zbekistonliklar Leningrad mudofaasida qatnashgani, Toshkent esa evakuatsiya qilingan millionlab insonlarni qabul qilganini eslatib, bu voqealar ikki xalqning umumiy tarixiy xotirasining bir qismi bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.

 

Nutq davomida davlat rahbari global iqtisodiyotda kuzatilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarga ham e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo chuqur transformatsiya davrini boshdan kechirmoqda, transport yo‘nalishlari va ishlab chiqarish zanjirlari yangilanmoqda, sun’iy intellekt texnologiyalari esa iqtisodiyotning turli tarmoqlariga jadal kirib bormoqda.

 

Prezident energetika, oziq-ovqat va raqamli xavfsizlik masalalari qayta ko‘rib chiqilayotganini, raqobat endilikda nafaqat bozorlar va tabiiy resurslar, balki texnologiyalar, logistika hamda infratuzilma sohalarida ham kuchayib borayotganini qayd etdi.

 

O‘zbekiston yetakchisi jahon iqtisodiyotida beqarorlik kuchayib borayotgan bir paytda kooperatsiya, barqarorlik va o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik makonlarini shakllantirishga qodir davlatlar va mintaqalarning roli tobora ortib borayotganini ta’kidladi.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

custom img

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalarini tanqidiy muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"