Salomatlik

Dunyo aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda — JSST

Har yili salkam 380 ming nafar bemorga og‘iz bo‘shlig‘i saratoni tashxisi qo‘yilmoqda.

Dunyo aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda — JSST

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, sayyoramiz aholisining 45 foizi, yaʼni 3,5 milliardga yaqin kishi tish, milk va boshqa og‘iz bo‘shlig‘i xastaliklari bilan kurashmoqda.

 

Xususan, so‘nggi 30 yilda bemorlar soni bir milliard nafarga ko‘paygan.

 

Qayd etilishicha, mazkur kasalliklar orasida eng ko‘p tarqalgani tish kariyesidir. Hozir u dunyo bo‘yicha 2,5 milliardga yaqin odamda uchraydi.

 

Shuningdek, har yili qariyb 380 ming nafar bemorga og‘iz bo‘shlig‘i saratoni tashxisi qo‘yilmoqda.

 

Hisobotda qayd etilishicha, yer yuzi aholisiga stomatologik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida muammo va to‘siqlar talaygina. Ulardan eng asosiysi ushbu turdagi tibbiy xizmatlar narxi sezilarli darajada qimmatligidir.

 

Shundan kelib chiqib, JSST mazkur muammoni hal qilishga doir tavsiyalarni eʼlon qildi. Jumladan, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolashda tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini imkoniyatlaridan kengroq foydalanish yaxshi natija berishi mumkin.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"