Siyosat

Britaniyaning yangi Bosh vaziri ilk bor Ukrainaga keldi

Rishi Sunak Zelenskiy bilan uchrashdi.

Britaniyaning yangi Bosh vaziri ilk bor Ukrainaga keldi

Prezident Vladimir Zelenskiy Ukrainaga ilk bor tashrif buyurgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan uchrashdi.


Zelenskiy Sunakning tashrifi ikki davlat uchun nihoyatda mazmunli va foydali bo‘lganini ta’kidladi.


"Birinchi navbatda, Bosh vazirga Ukrainani prinsipial qo‘llab-quvvatlagani va muzokaralarimizdagi maksimal konstruktivlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugun biz mamlakatlarimiz va global xavfsizlik uchun muhim bo‘lgan barcha masalalarni muhokama qildik", — dedi prezident.

Zelenskiy Britaniya Bosh vaziri  Rishi Sunakga Rossiya raketa zarbalari oqibatlari haqida ma’lumot berdi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kungacha Ukraina energetika infratuzilmasining yarmiga yaqini shikastlangan.


Uchrashuvda tomonlar Ukraina va Yevropaning energiya xavfsizligini himoya qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

"Janob Rishi Sunak va uning jamoasi aytgan takliflar mazmunli va juda yaxshi tayyorlangan. Biz sizga ishonamiz", - deya qo‘shimcha qildi Vladimir Zelenskiy.

U, shuningdek, yaqin kelajakda kuchga kirishi kerak bo‘lgan Rossiya energiya resurslarining eksport narxini eng samarali cheklash muhimligini ta’kidladi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Britaniyaning yangi Bosh vaziri ilk bor Ukrainaga keldi | Zamon.uz