Salomatlik

Saraton hujayralari o‘z-o‘zini yo‘q qilishi mumkin

Bu bo‘yicha rus olimlari tadqiqot o‘tkazishdi.

Saraton hujayralari o‘z-o‘zini yo‘q qilishi mumkin

 

Rossiyalik olimlar bemorlar organizmida saraton hujayralarini yo‘q qilishning yangi usulini topdi. Bu jarayonni tabiiy va sintezlangan molekulalar kombinasiyasidan foydalangan holda amalga oshirish taklif qilinmoqda.

Ma’lumki, inson tanasidagi hujayralar odatda o‘z zimmasidagi vazifalarni ado etgach, ya’ni rivojlanish siklini tugatgandan so‘ng o‘z-o‘zini yo‘q qilish xususiyatiga ega. Bu organizmda ular soni me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi. 

Ammo patologik o‘zgarishlar tufayli saraton hujayralarida ushbu mexanizm ishlamaydi. Oqibatda ular nazoratiz ravishda bo‘linishda davom etadi.

Rus olimlari saraton hujayralarida ayni shu xususiyatni “uyg‘otish” ustida ish olib bordi. Buning uchun bispidin hosilasi bilan poliaminlar kombinasiyasidan foydalanish lozim, degan xulosaga kelindi. 

Poliaminlar hujayralar hayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lib, ularning bispidinlar ishtirokida bo‘linishi o‘z-o‘zini yo‘q qilishiga olib keladi. Natijada faqat o‘simta hujayralarining o‘zigina nobud bo‘ladi va sog‘lom hujayralar omon qoladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, bu — hozircha faqat tadqiqot. Uning amaliy samarasi klinik sinovlarda to‘liq namoyon bo‘lishi mumkin.

 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Saraton hujayralari o‘z-o‘zini yo‘q qilishi mumkin | Zamon.uz