Lifestyle

"O'zgidromet" 21-noyabr uchun ob-havo prognozini e'lon qildi

Ayrim hududlarda yog'ingarchilik kuzatiladi.

"O'zgidromet" 21-noyabr uchun ob-havo prognozini e'lon qildi

 

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan 5-10 metr sekund tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-6, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo’ladi.

 

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo’ladi.

 

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin.  Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo’ladi. 

 

Samarqand viloyatida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo’ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo’ladi. 

 

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo’ladi. 

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Qor ko’chish xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan 7-12 metrsekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo’ladi.