Salomatlik

JSST kelajakdagi pandemiyalarning oldini olish choralarini ko‘rmoqda

300 nafardan ortiq olimlar 25 ta virus va bakteriya guruhlariga doir maʼlumotlarni ko‘rib chiqadi.

JSST kelajakdagi pandemiyalarning oldini olish choralarini ko‘rmoqda

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kelgusida epidemiya yoki pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ustuvor patogenlar ro‘yxatini yangilashga kirishdi.

 

Buning uchun 300 nafardan ortiq olimlar jalb qilindi. Ular 25 ta virus va bakteriya guruhlariga doir maʼlumotlarni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, kelgusida “X kasalligi” yuzaga chiqarishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy xavf omillari o‘rganiladi.

 

Natijada to‘plangan manbalar infeksiyalarga qarshi yana-da samarali vaksina hamda preparatlar yaratish, sog‘liqni saqlash sohasiga doir zarur chora-tadbirlar hamda strategiyalarni ishlab chiqishda foydalaniladi.

 

Ilk bor patogenlar ro‘yxati 2017-yilda nashr etilgan. Shundan so‘ng faqat bir marta ushbu ro‘yxat ommaviy yig‘ilishda muhokama qilingan.

 

Yangi ro‘yxatdan esa COVID-19, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi, Ebola va Marburg viruslari, Lassa isitmasi, Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS), og‘ir o‘tkir respirator sindrom (SARS), Nipah virusi, Rift vodiysi isitmasi, Zika virusi va “X” kasalligi joy olishi ko‘zda tutilgan.

 

JSSTning yetakchi olimi Sumiya Svaminatanning taʼkidlashicha, ustuvor patogenlar ro‘yxati insoniyat salomatligini asrash yo‘lida profilaktik choralar vazifasini o‘taydi.

 

Yangilangan ro‘yxat kelgusi yilning birinchi choragida eʼlon qilinishi kutilyapti.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.