Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashilgan.

Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

 

Bugun, 22-noyabr kuni Parijdagi Yelisey saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

 

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdilar va munosabatlarni yuksak darajadagi keng qamrovli sheriklikka olib chiqishga kelishib oldilar.

 

Yetakchilar ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanayotgan joriy yilda ikki tomonlama aloqalar jadal sur’at bilan rivojlanib borayotgani, keng siyosiy muloqot chuqurlashib, xalqaro tashkilotlar doirasida tomonlar o‘zaro ko‘maklashayotgani, parlamentlararo muloqot kengayganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

 

Xavfsizlik sohasida, yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlarga samarali qarshi kurashish borasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirildi.

 

Savdo-iqtisodiy va investision hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilgan holda qo‘shma loyiha va dasturlarni ko‘paytirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

 

Tashrif arafasida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlik tadbirlarining yakunlari, ularning doirasida umumiy qiymati 6 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan savdo-iqtisodiy bitim va shartnomalar imzolangan yuksak baholandi.

 

Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishning ahamiyati qayd etildi. Tomonlar Samarqandda Fransiya alyansining filiallari ochilishini qo‘llab-quvvatladilar hamda joriy yil 27-28 noyabr kunlari Parijda ikkinchi O‘zbekiston-Fransiya ta’lim forumining o‘tkazilishini olqishladilar. Fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.


Davlat rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashdilar.

 

Uchrashuv ochiq, samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi. Yakunda Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni o‘zi uchun qulay vaqtda tashrif bilan O‘zbekistonga borishga taklif etdi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi | Zamon.uz