Salomatlik

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni yana ortmoqda

O‘tgan bir sutka ichida Toshkent shahrining o‘zida 57 kishida koronavirus aniqlangan.

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni yana ortmoqda

 

Kecha 96 kishida koronavirus tasdiqlandi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

 

Qayd etilishicha, o‘tgan bir sutka ichida Toshkent shahrining o‘zida 57 kishida koronavirus aniqlangan. Shuningdek:

 

  • 6 nafari Buxoro viloyatida,

  • 12 nafari Namangan viloyatida,

  • 4 nafari Samarqand viloyatida,

  • 1 nafari Xorazm viloyatida,

  • 16 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.

 

SSV maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni ortmoqda: 21-noyabrda 61 kishida, 20-noyabrda 89 kishida, 19-noyabrda 81 kishida, 18-noyabrda 92 kishida, 17-noyabrda 69 kishida kasallik aniqlangan. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining maʼlum qilishicha, 22-noyabr kuni respublika bo‘ylab koronavirusga qarshi 55 390 doza vaksina qo‘llangan.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"