O'zbekiston

Endi statistik ma’lumotlarni DXMdan olish mumkin

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Endi statistik ma’lumotlarni DXMdan olish mumkin

 

Kecha, 24 noyabr kuni Hukumat qarori bilan Statistika ma’lumotlarini taqdim etish buyicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar bermoqda.

 

Reglamentga ko‘ra, fuqarolar mazkur davlat xizmati doirasida statistika dasturi va faoliyatida yuritiladigan statistik tasniflar asosida shakllantiriladigan  ma’lumotlar, shuningdek ochiq manbalarda e’lon qilinadigan ma’lumotlarni olishi mumkin.

 

Quyidagilar davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi: 

 

—tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bo‘lgan, shuningdek individual ma’lumotlarni so‘rash; 

—shakllantirilishi statistika dasturida nazarda tutilmagan yoki shakllantirish muddati hali kelmagan statistika ma’lumotlarini so‘rash.

 

Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.

 

Davlat xizmati doirasida olingan statistika ma’lumotlarini tarqatishda (qayta chop etishda) ma’lumot olingan manbaga majburiy tartibda havola berilishi shart.

 

Taqdim etiladigan har bir statistik ma’lumotni shakllantirish uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

 

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"