Salomatlik

Yuqorichirchiqdagi karantin markazida to‘qimachilik texnoparki tashkil etiladi

Maydon 70 gektardan iborat.

Yuqorichirchiqdagi karantin markazida to‘qimachilik texnoparki tashkil etiladi

 

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markazi asosida to‘qimachilikka ixtisoslashgan texnopark tashkil etiladi. Bu haqida Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.

 

Unda quyidagilar belgilangan:

 

Savdo-sanoat palatasi muassisligida “SSP Texnopark” MCHJ - to‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan industrial texnopark tashkil etish;

 

“SSP Texnopark” MCHJning ustav fondida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ulushini shakllantirish hisobiga Toshkent viloyati Yukorichirchiq tumani, “Qo‘rsoy” va “Nurli zamin” MFYlar hududidagi 69,2 gektar maydondan iborat bo‘lgan fuqarolarni vaqtincha saqlashga moslashtirilgan karantin majmuasini balans qiymatda berish;

 

“SSP Texnopark” MCHJ keyinchalik ushbu davlat ulushini belgilangan tartibda bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari asosida beriladi. Ushbu qonun Investitsiyalarni faol jalb etishga shart-sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni va aniq sohalarga ixtisoslashgan texnologiya parklarini rivojlantirishni yana-da qo‘llab-quvvatlash, ularning alohida hududlarda jamlanishini taʼminlash, shu asosda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini va farovonligini oshirish maqsadida qabul qilinmoqda", — deyilgan qaror matnida.

 

Yangi qonun loyihasi bilan batafsil Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida tanishish mumkin. Uning muhokamasi 8 dekabrga qadar davom etadi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Yuqorichirchiqdagi karantin markazida to‘qimachilik texnoparki tashkil etiladi | Zamon.uz