Rossiyalik juftlik to‘yiga guvoh bo‘lgan Chorsu bozori — fotolavha
Ular to‘ylarini Toshkentda o‘tkazishga qaror qilishgan.

Ikki yosh quvonchiga odamlar ham sherik bo‘lgan.

Ular Chorsudagi o‘sha mashhur Ovqat bozoriga ham kirib, o‘zbek oshidan tatib ko‘rishgan.

Juftlikning bozor rastalari bo‘ylab tushgan valsi ko‘pchilikning eʼtiborini tortgani aniq.

Milliy buyumlar sotiladigan joyda o‘zbek milliy do‘ppisini kiygan kelinchakka O‘zbekiston juda yoqqani shubhasiz.








