0

JSST: OIVga chalingan bolalarning faqatgina yarmi muolaja olmoqda

Pandemiya tufayli  OIV va OITSga qarshi kurashni og‘irlashgani maʼlum bo‘ldi.

JSST: OIVga chalingan bolalarning faqatgina yarmi muolaja olmoqda

 

OIV bilan kasallangan bolalarning faqatgina yarmi zarur muolaja olmoqda. COVID-19 pandemiyasi bu borada tengsizlikni kuchaytirdi va vaziyatni og‘irlashtirdi. Bu haqda JSST Rossiyadagi maxsus vakili Melita Vuynovich maʼlum qildi.

 

“Bolalar va qashshoq aholi OIV epidemiyasi qarshisida eng nozik qatlam hisoblanadi. Hozirgi kunda kasallikka chalingan bolalarning bor-yo‘g‘i 52 foizi muolaja olmoqda. Biz COVID-19 pandemiyasi tufayli OIVga qarshi kurash sekinlashgani haqida ko‘p gapiramiz. Ammo amalda COVID-19 paydo bo‘lguncha ham barcha aholi guruhlari OIVni aniqlash, profilaktika, muolaja va nazoratdan teng foydalana olmagan. Pandemiya davrida bu tengsizlik yana-da kuchaydi”, –  degan u.

 

JSST vakili saqlanib qolayotgan iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlik muammosini tezda hal qilish kerak, aks holda vaziyat yana-da og‘irlashishi mumkin.

 

Vuynovich OIV va OITS ommaviy salomatlik uchun katta xavf bo‘lib qolayotganini taʼkidladi. U OITSni global tahdid sifatida yo‘q qilinishi mo‘ljallangan 2030 yilga 8 yil vaqt qolganini qayd etgan.

 

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"