Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Davlat Dumasi Raisi bilan uchrashdi

Muloqotda qanday masalalar muhokama qilingani ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Davlat Dumasi Raisi bilan uchrashdi

 

Bugun, 28-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida Vyacheslav Volodin davlat rahbariga Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Keyingi yillarda parlamentlararo muloqotlar jadal sur’at kasb etgani, O‘zbekiston va Rossiya hududlarida yangi formatdagi – ikki mamlakat parlamentlarining palata va qo‘mitalari rahbarlari darajasida uchrashuvlar o‘tkazish amaliyoti joriy qilingani alohida qayd etildi.

 

Yangi tashkil etilgan Hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiya faoliyati ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash hamda qonunchilik faoliyatini tashkil etish sohasida tajriba almashishni kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

Iqtisodiy hamkorlikning ijobiy natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yilning boshidan buyon ikki tomonlama tovar ayirboshlash uchdan birga oshdi.

 

Rossiya investisiyalarini jalb qilgan holda O‘zbekistonda neft-gaz, energetika, kon-metallurgiya, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida ishblarmonlik aloqalari izchil kengayib bormoqda.

 

Madaniy-gumanitar yo‘nalishda, eng avvalo, oliy va o‘rta ta’lim hamda turizm sohalarida samarali hamkorlik rivojlantirilmoqda.

 

Rossiya delegatsiyasi a’zolari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, yoshlar tarbiyasi, sog‘liqni saqlash salohiyatini oshirish, shahar va qishloqlar infratuzilmasini modernizasiya qilish borasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni yuksak baholadi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Davlat Dumasi Raisi bilan uchrashdi | Zamon.uz