Salomatlik

Toshkentning aholi gavjum hududlarida 170 ta “mini-poliklinika” ish boshlaydi

Shuningdek, poytaxtdagi 579 ta MFYda “Salomatlik maktablari” tashkil etiilishi aytilmoqda.

Toshkentning aholi gavjum hududlarida 170 ta “mini-poliklinika” ish boshlaydi

 

“Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida Toshkent shahrining 12 ta tumanida 10 800 ta ko‘p qavatli uy joylashgan mahallalar hududida 170 ta mahalla tibbiyot punktini barpo etish va 540 ming nafar aholiga tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsad qilingan.

 

Mazkur loyihaga Yunusobod tumani tajribasi asos qilib olindi, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Anvar Alimov. — Tumanning Sobirobod mahallasida o‘rnatilgan tibbiy konteynerda ish olib borayotgan mahalla tibbiyot punkti faoliyatini ko‘rib chiqdik. Aholi bu tashabbusdan minnatdor. Bu “mini-poliklinikada” bitta tibbiy brigada faoliyat olib boryapti.

 

Barcha zarur dori-darmonlar, kerakli tibbiy buyumlar, jumladan, EKG va kislorod balloni kabi uskunalar bilan jihozlangan, ikkita koykali, soat 8:00dan 20:00 gacha ishlovchi “kunduzgi statsionar” ega “kichik shifoxona”da umumiy amaliyot shifokori va 2 nafar hamshira aholiga mobil tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

 

Bunday mahalla tibbiyot punktlari dispanser nazoratida turgan qariyalar, homilador ayollar va bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda umumiy amaliyot shifokoriga katta yengillik beradi.Hamshiralarga shifokoroldi tibbiy ko‘riklar uchun qulaylik yaratadi. Aholini esa oddiy ko‘riklar uchun ham poliklinikaga qatnash ovoragarchiliklaridan xalos qiladi.

 

Loyiha doirasida yil oxiriga qadar 40 ta konteyner jihozlanib poytaxtdagi 12 ta ko‘p tarmoqli poliklinika va 70 ta oilaviy poliklinika ixtiyoriga topshiriladi. Ular poytaxtning aholi gavjum bo‘lgan ko‘p qavatli uylari yoniga o‘rnatilishi mo‘ljallangan. Kelgusi olti oyda esa 170 ta ana shunday mahalla tibbiyot punkti poytaxt aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

 

“Toshkent tajribasi” loyihasi bu bilan cheklanmagan. Uning doirasida:

 

  • poytaxtdagi 579 ta mahalla fuqarolar yig‘ini idoralarida “Salomatlik maktablari” tashkil etish;
     
  • sog‘lom turmush tarziga rioya qilgan va bu borada yuqori natijalarga erishgan fuqarolarni rag‘batlantirish;
     
  • telemeditsina yordamida hamshiralar orqali bemorlarni mutaxassislar bilan bog‘lash maqsadida “onlayn patronaj” xizmatini joriy etish ham ko‘zda tutilmoqda.

 

Poytaxtda pilot tarzida amalga oshiriladigan loyiha olti oydan so‘ng, natijalari tahlil qilingan holda, mamlakatimizning boshqa hududlariga tatbiq etiladi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"