Salomatlik

СOVID—19‘ning BA.2 varianti bolalar va homiladorlarda qanday belgilar bilan kechadi?

Holat allergiyaga moyilligi bor bemorlarda og‘irroq o‘tishi aytilmoqda.

СOVID—19‘ning BA.2 varianti bolalar va homiladorlarda qanday belgilar bilan kechadi?

 

Joriy yilning yoz oylarida mamlakatimiz hududida “omikron” shtammining VA.2 versiyasi yetakchilik qilgandi. Ayni paytga kelib esa bemorlarning qariyb barchasida VA.5 subvarianti aniqlanmoqda.

 

— O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan aholi qatlami hamda homilador ayollarning immun tizimi nisbatan sust bo‘ladi, — deydi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari Hilola Alimova. — Shu bois ularning yuqumli kasalliklar, jumladan, koronavirusga chalinish ehtimoli yuqori.

Xastalik belgilariga kelsak, VA.5 subvarianti alomatlari avvalgi VA.2 versiyasi simptomlari bilan deyarli bir xil kechmoqda.

Jumladan, bolalar va homilador ayollarda tumov, tomoqda og‘riq va qizarish, O‘RVI, qolaversa, 3-5 foiz holatlarda allergiyaga moyilligi bor bemorlarda diareya hamda obstruksiya (bo‘g‘ilish xuruji) belgilari kuzatilyapti.

Shuningdek, muddatiga yetgan, uchinchi 3 oylikdan yuqori muddatdagi homiladorlarda (30 haftadan yuqori muddat) xastalik chog‘ida homila suvining sezilarli miqdorda kamayishi va loyqalanishi yuzaga keladi. Bu esa homilaning dimiqishiga olib kelmoqda.

Bunday ayollarda koronavirus yuqori harorat, bosh va mushaklarda og‘riq, holsizlik, uyquchanlik, rinit va tonzillit belgilari bilan namoyon bo‘lmoqda. Qolaversa, baʼzi bemorlarni kuchli yo‘tal, ko‘krak qafasida og‘riq bezovta qilyapti.

Qolaversa, fon kasalliklari bor bemorlar, masalan, tutqanoq xastaligi mavjud bolalar, kardiologik muammolardan aziyat chekayotgan ayollar va o‘g‘il-qizlarda koronavirus nisbatan og‘irroq kechmoqda.

Quvonarli jihati, ushbu muddatdagi homiladorlarda kasallik yengil kechib, o‘pka to‘qimasining zararlanishi deyarli kuzatilayotgani yo‘q. Shunga qaramay, homilasi 30 haftalikdan oshgan opa-singillarimizga statsionar sharoitda davolanishni tavsiya etamiz.

Homiladorlikning birinchi va ikkinchi 3 oyligidagi bemorlar esa qatʼiy ravishda hududiy oilaviy poliklinikalar nazoratida bo‘lib, tegishli muolajalarni olishlari shart.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"