Eng dolzarb

Mo‘g‘uliston bosh vaziri xalqiga murojaat qilib, tinchlanishga chaqirdi

Mamlakatda yirik miqdorda ko‘mir o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq mojaro avj olmoqda.

Mo‘g‘uliston bosh vaziri xalqiga murojaat qilib, tinchlanishga chaqirdi

 

Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyun-Erdene xalq oldiga chiqib, davom etayotgan norozilik namoyishlari fonida aholini xotirjam bo‘lishga chaqirdi va tartibsizliklarga sabab bo‘lgan ko‘mir o‘g‘irlanishini tekshirishga vaʼda berdi.

 

"Biz imkon qadar tezroq tergov o‘tkazish ustida ishlayapmiz. Sizdan xotirjam bo‘lishingizni so‘raymiz", — dedi bosh vazir.

 

Dushanba kuni Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batordagi Hukumat saroyi oldida bir necha ming kishi ishtirok etgan namoyish bo‘lib o‘tdi.

 

Odamlar ko‘mir o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq vaziyatdan norozi. Gap 1,8 milliard dollar haqida ketmoqda. Mamlakat adliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, Mo‘g‘uliston hukumati diplomatik kanallar orqali Xitoy rasmiylaridan ko‘mir ishi bo‘yicha tergovga qo‘shilishni so‘ragan, chunki Mo‘g‘uliston o‘z eksportining qariyb 86 foizini Xitoyga jo‘natadi va bu hajmning yarmidan ko‘pi ko‘mir. Mo‘g‘ulistondan eksport qilinadigan ko‘mir miqdori Xitoy tomoni olgan miqdordan farq qiladi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Pekin Ulan-Batorga bu ishga aloqador mo‘g‘ul siyosatchilarining ismlarini topshirgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.