Bosh vrach shifokor va hamshiralarni jazolash uchun sovuqda ushlab turdimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bosh vrach shifokor va hamshiralarni jazolash uchun sovuqda ushlab turdi” degan tagso‘z bilan fotosurat tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.
"Samarqand shahridagi 10-son oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari har ish kunini badantarbiya mashqlari bilan boshlashga odatlangan. Ushbu mashg‘ulotlar ham poliklinika binosi ichida, ham tashqi hovlisida bajariladi.
Shunday ekan, suratga berilgan “shifokor va hamshiralar sovuqda ushlab turildi” degan mazmundagi izoh mutlaqo asossiz", — deyiladi vazirlik xabarida.







