Lifestyle

Puling bo‘lsa ....

Yaponiyalik milliarder o‘zi bilan Oyga uchib boradigan 8 kishini tanladi.

Puling bo‘lsa ....

 

2023 yilda Oyga kosmik turist sifatida uchishni rejalashtirgan yaponiyalik milliarder Yusaku Maedzava o‘z jamoasi tarkibini eʼlon qildi.

 

Ekipajga 8 kishi kirgan. Xususan, kelib chiqishi yaponiyalik bo‘lgan amerikalik didjey Stiva Aoki va mashhur janubiy koreyalik qo‘shiqchi TOP jamoadan o‘rin olgan. Shuningdek, Chexiya, Irlandiya, Buyuk Britaniya va Hindiston vakillari ham milliarder bilan Oyga uchadi.

 

46 yoshli Maedzava 2018 yilda SpaceX tomonidan Oyga ilk kosmik turist sifatida tanlangandi. U kosmik kemadagi barcha joylarni sotib olgandi.

 

Bu biznesmenning kosmosga ilk parvozi emas. O‘tgan yil dekabrida u Rossiyaning "Soyuz MS-20" kemasidagi xalqaro kosmik stansiyada bo‘lgandi.

 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"