Rossiyalik sayyohlar bu yil ko‘proq O‘zbekistonni tanladi
Aviachipta sotuvchilari 2022-yilgi eng ommabop yo‘nalishlarni e’lon qildi

Aviachipta sotuvchilari 2022-yilda Rossiyada qaysi yo‘nalishlar ommalashganini eʼlon qildi. Bu yil rossiyaliklar yaqin chet davlatlariga parvoz qilishni tanlagan.
Bu borada O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston eng yuqori o‘rinlarda turibdi. Top-10 talikka, shuningdek, Armaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Belarus, Qozog‘iston, BAA va Gruziya kirgan.
Rossiyadan uchgan sayyohlarning 17,22 foiz Tojikistonni tanlagan. Chipta narxi esa o‘rtacha 11 foizga o‘sgan. Qozog‘iston, Belarus, O‘zbekistonga aviachiptalar narxi esa, aksincha, pasaygan.








