Salomatlik

Tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar bepul dori vositalari bilan taʼminlanadi

Bunga davlat byudjetidan 40 milliard so‘m ajratiladi.

Tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar bepul dori vositalari bilan taʼminlanadi

 

Shavkat Mirziyoyev 12 dekabr kuni ftiziatriya va pulmonologiya sohasini rivojlantirish, OITS kasalligining oldini olish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. 

 

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 13 fevraldagi qarori bilan ftiziatriya va pulmonologiya yordami ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilingan edi. Bu sezilarli natija berib, kasallanganlar umumiy soni 2 mingtaga kamaydi. Yangi kasallanish holati 10 foizga, o‘lim holati 17 foizga qisqardi.

 

Lekin so‘nggi yillarda koronavirus epidemiyasi sababli yurtimizda o‘pka kasalliklari bo‘yicha dispanser nazoratidagi bemorlar soni 18 foizga oshgan.

 

Hududlarda tuberkulyoz bo‘yicha 5 xil yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga talab bo‘lsa-da, bu xizmatlar faqat Toshkent va Nukus shaharlarida to‘liq yo‘lga qo‘yilgan.

 

Odam immuniteti tanqisligi virusi bilan kasallanish holatlari ham, afsuski, ko‘paymoqda. Bu, ayniqsa, Toshkent shahri, Andijon va Samarqand viloyatlarida dolzarb.

 

Shu bois yig‘ilishda mazkur ikki sohadagi navbatdagi chora-tadbirlar mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi.

 

Prezidentimiz kelgusi yildan boshlab “O‘pka salomatligi” mobil brigadalarini tashkil etib, chekka hududlarda bolalarni skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi. 

 

Tuberkulyoz infeksiyasining molekulyar-genetik diagnostikasini, yashirin infeksiyasi bor bemorlarni aniqlash va profilaktik davolash qamrovini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Viloyat hokimlariga hududlardagi Ftiziatriya sihatgohlarini taʼmirlash va jihozlash, bakteriologiya laboratoriyalarini tashkil etish topshirildi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligiga tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni dori vositalari bilan bepul taʼminlash vazifasi qo‘yildi. Bunga davlat byudjetidan 40 milliard so‘m ajratiladi.

 

OIV infeksiyasi bo‘yicha ham tekshiruvni kengaytirib, 3 million aholini qamrab olish choralari belgilandi. Bunday bemorlar ham 22 turdagi virusga qarshi dorilar bilan bepul taʼminladi.

 

Hududiy OITS markazi va tumanlararo laboratoriyalarni taʼmirlash, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashga masʼullar biriktirildi.

 

Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini xodimlarini OIV infeksiyasi bo‘yicha malakasini oshirish, aholi o‘rtasida kasallik va uning oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

 

Umuman, bularning barchasini inobatga olib, ftiziatriya, pulmonologiya va OITS yo‘nalishlarida dasturiy qarorlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar bepul dori vositalari bilan taʼminlanadi | Zamon.uz