Iqtisodiyot

Yil boshidan buyon ishbilarmonlik faollashganmi?

Hududlar ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

Yil boshidan buyon ishbilarmonlik faollashganmi?

 

O‘zbekiston hududlarida ishbilarmonlik faolligi tahlili har oyda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tezkor maʼlumotlar asosida (respublikaning barcha sohalari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring, Davlat bojxona qo‘mitasi, DSQ, MB va O‘zRXTB) hisoblab chiqiladi.

 

Monitoring natijalari shuni ko‘rsatdiki, joriy yilning 1 yanvaridan 30 noyabrigacha bo‘lgan davrda respublika soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,2%ga oshgan.

 

Jumladan, Farg‘ona (34,2%), Samarqand (34,0%), Buxoro (32,6%), Jizzax (31,7%), Sirdaryo (29,6%) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (31,9%) va Toshkent shahrida (42,7%) soliq tushumlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi.

 

Byudjetga soliq tushumlarining o‘sishi barqaror tendensiyani saqlab kelmoqda.

 

Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning 11 oyi davomida soliq tushumlarining o‘sishiga: qo‘shilgan qiymat solig‘i (32,6%) va aylanmada olinadigan soliq (44,4%) katta taʼsir ko‘rsatdi. Shuningdek, yil boshidan buyon tashkilotlar tomonidan to‘langan daromad solig‘i 53,8%ga ko‘paydi.

 

Shu bilan birga, soliq tushumlarining o‘sishiga yangi tadbirkorlik subyektlarining 2021 yilning shu davriga nisbatan 14,4%ga ko‘payishi taʼsir ko‘rsatdi.

 

Shunday qilib, yil boshidan buyon 82 mingdan ortiq yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlari tashkil etildi, ularning eng ko‘pi Samarqand (9 332), Farg‘ona (7 951), Qashqadaryo (7 470), Toshkent (6 325), Xorazm (5 240) viloyatlarida va Toshkent (14 408) shahrida ro‘yxatga olingan.

 

Tahlil qilinayotgan davrda bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 2021 yilning shu davriga nisbatan 38,6%ga oshdi. Bojxona tushumlarining eng katta o‘sishi Andijon (60,7%), Jizzax (55,1%), Sirdaryo (46,7%), Farg‘ona (41,0%) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (41,3%) va Toshkent shahrida (42,9%) kuzatildi.

 

Umuman olganda, bojxona to‘lovlaridan tushadigan daromadlarning oshishiga 2022 yil yanvar-noyabr oylarida import hajmining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,7%ga o‘sishi taʼsir ko‘rsatgan asosiy omil bo‘ldi.

 

Davlat bojxona qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan 30 noyabrga qadar tovarlar eksporti hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,4%ga oshgan. Eksportning sezilarli o‘sishi Sirdaryo (40,4%), Andijon (38,5%), Navoiy (27,1%), Namangan (25,9%), Samarqand (25,6%) viloyatlarida va Toshkent (40,5%) shahrida kuzatildi.

 

O‘zbekistonda tovarlar eksportining o‘sishi sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining o‘sish surʼatlari oshgani bilan izohlanadi.

 

Eksportning kamayishi Surxondaryo (-21,0%), Buxoro (-3,4%), Jizzax (-2,9%) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (-12,0%) kuzatildi.

 

Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi yil boshidan buyon o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,7%ga oshdi.

 

Kreditlar berish hajmi Farg‘ona (28,9%), Samarqand (23,6%), Toshkent (22,4%), Andijon (10,0%) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (20,7%) va Toshkent (12,7%) shahrida sezilarli darajada oshgani qayd etildi.

 

Tahlil qilinayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida amalga oshirilgan bitimlar hajmi 37,8%ga o‘sdi. Birja faoliyatining sezilarli o‘sishi Xorazm (56,4%), Jizzax (49,3%), Samarqand (46,2%), Navoiy (43,6%) viloyatlarida va Toshkent (46,9%) shahrida kuzatildi.

 

Ushbu hududlarda tuzilgan bitimlar hajmining o‘sishi mineral o‘g‘itlar, texnik chigit, avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, qurilish va xo‘jalik materiallari, o‘simlik yog‘i, bug‘doy uni, bug‘doy, shakar, paxta tolasi, qora va rangli metallar, polietilen, polipropilen, etil spirti va boshqa mahsulotlar savdosining ko‘payishi hisobidan erishilgan.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

custom img

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalarini tanqidiy muhokama qildi.

custom img

O‘zbekistonda migrantlar yuboradigan pul miqdori 433 million dollarga oshdi

Shuningdek, hisobot davrida mamlakatdan xorijga 604 million dollar miqdorida valyuta mablag‘lari chiqarilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"