Shakardan voz kechishning qanday foydasi bor?
Uning miqdorini cheklash hatto o‘lim xavfini kamaytiradi.

Shakardan voz kechish qiyin, biroq uning miqdorini cheklash organizm uchun juda foydali.
Birinchi kunda: ovqat hazm qilish va ichak faoliyati yaxshilanadi. Asab tizimi barqarorlashadi.
Bir haftada: terining holati tiniqlashadi, uyqu bilan bog‘liq muammolar asta-sekin ortda qoladi. Qonda qand miqdori meʼyorlashib, metobolizm yaxshilanadi. Xotiraning jamlash xususiyati kuchayadi. Agar shu vaqt ichida tana shakar talab qilsa, turli mevalar, asal isteʼmol qilish mumkin.
Bir oyda: shakardan voz kechilgandan bir oy o‘tib, tana ortiqcha vazndan xalos bo‘ladi. Shakarga tobelik sezilarli darajada kamayadi. Organizmda gormonlar miqdori barqarorlashib, immunitet yaxshilanadi. Tanada yallig‘lanish kamayadi, husnbuzarlar yo‘qoladi. Yuqori qon bosimi meʼyorga tushadi.
Bir yilda: qandli diabet, Altsgeymer kasalligi, semirish, yurak yetishmovchiligi, xotira va nutq buzilishi hamda o‘lim xavfi sezilarli darajada kamayadi. Inson o‘rganib qolish hissidan butkul xalos bo‘lib, tarkibida shakar bo‘lgan har qanday yeguliklar o‘z-o‘zidan rad etiladi.








