To‘xtating avtobusni, tushib qolaman!

Davlat rahbari yig‘ilishlarda doim aholiga yana-da qulaylik yaratish maqsadida masʼullarga topshiriqlar beradi. Ammo uning ijrosi esa ko‘pincha qog‘ozlarda qolib ketayotgandek.

To‘xtating avtobusni, tushib qolaman!

 

Ochig‘i, poytaxtga endi kelgan kezlarim, negadir, avtobusda yurishga uyalardim. Ammo hozir jamoat transportlarisiz kundalik hayot tarzimni tasavvur etolmayman. Arzon, qulay va shaharning istalgan nuqtasigacha borsangiz ham narx o‘zgarmaydi. Biroq ertalab (odatda, 7 va 9 oralig‘i) va kechga yaqin (16 va 19 lar atrofi) aholi ishga ketish hamda qaytish mahali jamoat transportida yurish ancha mushkul. Ayniqsa, ayol kishiga ko‘proq noqulayliklar tug‘diradi. Keksa, imkoniyati cheklangan, homilador va yosh bolali ayollarniku, aytmasa ham bo‘ladi. Shu avtobusdagi tiqilinchlardan zoda bo‘lganim sabab ishdan vaqtli keladigan odat chiqardim, yaʼni soat kechki 4 da ishxonadan chiqaman. Lekin o‘sha payt ham avtobuslarga qadam bosib bo‘lmaydi. Arang yopiladigan eshiklar gohida yo‘lovchilarni oyoqlari va sumkalarini siqib qoladi. “Ichkariga suriling, o‘rtada joy ko‘pku”, deya zardali ohangda buyruq beradigan konduktorlar ichkaridagi tiqilinchni his qilmaydi chog‘i, har kuni bir xil gapni takrorlab charchamaydi.

 

Yaqinda bir homilador ayol keyingi bekatgacha arang yetib oldi. Avtobusda azbaroyi yo‘lovchi ko‘pligidan u ayolga joy berishning imkoni yo‘q edi. Qiynalib ketganidan haydovchidan avtobusni to‘xtatib, tushib qolishini aytdi... Bu kabi holatlar juda-juda ko‘p uchraydi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 18-avtobus saroyida bo‘ldi.

 

Prezident matbuot xizmati maʼlum qilganidek, jamoat transporti tizimi rivojlangani shahar hayotining eng muhim jihatlaridan biri. Lekin Toshkent shahrida bu soha hozirgi o‘zgarishlardan orqada qolmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda ko‘plab turarjoylar qurildi, aholi soni oshdi, shahar hududi ham kengaydi. Poytaxtda kuniga 1 million 300 ming yo‘lovchi jamoat transportidan foydalanmoqda.

 

Bu talabga javob berish uchun “Toshshahartransxizmat” tizimida avtobuslar yetishmayapti. Borlarining ham ko‘pi eskirgan. Shu sababli yo‘nalishlarga rejaga nisbatan 90-100 ta avtobus kam chiqmoqda. Ko‘chalarda jamoat transporti ustuvorligi yo‘lga qo‘yilmagan. Bularning oqibatida yo‘lovchilar avtobuslarni 20-30 daqiqagacha kutishiga to‘g‘ri kelmoqda.

 

Davlat rahbari bu holatni keskin tanqid qilib, ayniqsa, hozirgidek sovuq kunlarda bunga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini taʼkidladi. Shu bois kuchaytirilgan tartibda ishlab, eng og‘ir yo‘nalishlarga qisqa muddatda qo‘shimcha avtobuslar qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.

 

Shundan so‘ng, kuni kecha vazirlar va mutasaddi tashkilot rahbarlari ham avtobuslarda “ko‘rinish bera boshladi”. Avval Transport vaziri hamrohligida Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov avtobuslardagi sharoitlar bilan tanishgan bo‘lsa, Milliy gvardiya qo‘mondoni ham “avtobusda shahar kezdi”. Rahbarlarning aholi ichida bo‘lgani, ular bilan hamsuhbat, fikrlari bilan qiziqqani yaxshi albatta. Ayniqsa, rahbarlarning ogohlantiruvisiz tashrifi joylardagi muammoni aslicha ko‘rsatadi.

 

Quvonarlisi, Davlat rahbarining tanqididan so‘ng Toshkentda avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqarmoqda.

 

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida Toshkent shahri uchun qo‘shimcha mingta zamonaviy avtobus sotib olinishi, shuningdek, 7 ta yerusti metro bekati ishga tushirilishini alohida taʼkidladi. Bularning hisobiga, har kuni 500 mingdan ziyod poytaxt aholisi va mehmonlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.

 

“Hududlarda ham yo‘lovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida yana mingta avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali, jamoat transporti bo‘yicha ahvol og‘ir bo‘lgan 300 ta mahalladagi 1 million aholining uzog‘i yaqin bo‘ladi”, — dedi Prezident.

 

Davlat rahbari yig‘ilishlarda aholiga yana-da qulaylik yaratish maqsadida masʼullarga topshiriqlar beradi. Ammo uning ijrosi esa ko‘pincha qog‘ozlarda qolib ketayotgandek. O‘ylaymizki, aynan, mana shu — jamoat transporti sohasidagi topshiriqlar o‘z vaqtida amalga oshadi. Chunki ishchilar avtobusga sig‘may qolib, ishidan ayrilishni yoki boshlig‘idan tanbeh eshitaverishni, kechga yaqin esa (ayniqsa onalar) bolalari bog‘chada qolib ketib, ming o‘y bilan bekatga chopishni istamaydi.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"