Inson uchun kunlik uyqu me’yori qancha?
Bu bo‘yicha mutaxassis ma’lumot berdi.

Odam sutka davomida besh soatdan kam uxlasa, unda surunkali kasalliklar rivojlanish xavfi 20 foizga oshadi. Uyqusizlik asoratlari, ayniqsa, o‘rta va keksa yoshli insonlar salomatligiga ko‘proq xavf soladi.
Mutaxassisning fikricha, nosog‘lom turmush tarzi, xususan, asabiylashish, bezovtalik, uxlashdan avval me’yoridan ortiq ovqatlanish, yorug‘ muhit kabi omillar uyqusizlikka sabab bo‘ladi.
Oqibatda immunitet pasayib, inson turli kasalliklarga chalinishga moyil bo‘lib qoladi. Foydali ish koeffisenti kamayib, diqqatni jamlay olmaslik, xotira susayishi kuzatiladi.
Kam uxlagan inson yurak-qon tomir kasalliklariga chalinishi, bosh og‘rig‘i, depressiya, stressdan aziyat chekishi mumkin.
Odatda bir kecha-kunduzda chaqaloqlar 18-19 soat, bolalar 11-12 soat, katta yoshlilar 7-8 soat uxlashi me’yor hisoblanadi.








