“Barchasi Rossiyaning bahorgi hujumi natijasiga bog‘liq”

Ukraina mojarosi ikkinchi kalendar yiliga o‘tish arafasida. Urush kelayotgan yilda tugashi mumkinmi va agar shunday bo‘lsa, qay tariqa yakunlanadi — jang maydonidami yoki muzokaralar stolida? Yoki nizo 2024 yilgacha cho‘ziladimi?

“Barchasi Rossiyaning bahorgi hujumi natijasiga bog‘liq”

 

Ukrainadagi nizo ikkinchi kalendar yiliga o‘tish arafasida. BBC shu munosabat bilan yetakchi tahlilchilarning 2023 yildagi ehtimoliy harbiy harakatlar bo‘yicha fikrlari bilan qiziqdi.

 

Urush kelayotgan yilda tugashi mumkinmi va agar shunday bo‘lsa, qay tariqa yakunlanadi — jang maydonidami yoki muzokaralar stolida? Yoki nizo 2024 yilgacha cho‘ziladimi?

 

“Rossiyaning bahorgi hujumi hal qiluvchi bo‘ladi”

Maykl Klark, Strategik tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari, Buyuk Britaniya:

 

Buyuk Yevroosiyo dashtlarining istalgan nuqtasiga bostirib kirganlar yakunda ushbu tekislilarda qishlashga majbur bo‘ladi.

 

Napoleon, Gitler va Stalin o‘z armiyasi bilan dashtlardagi qish mavsumida manevr qilishga majbur bo‘lgan. Putin ham bosqin yaxshi kechmayotgan bir paytda o‘z qo‘shinlarini tekislikda qishlashga va yangi Rossiya hujumini kutishga majbur qilmoqda.

 

Har ikki tomonga ham tanaffus zarur, ammo ukrainaliklar yaxshiroq taʼminlangan va hujumni boshlash uchun ularda motivatsiya ko‘proq, ular Rossiyani eng kamida Donbassdan siqib chiqarishga harakat qiladi.

 

Kremmenoy va Svatovo atrofida ular katta hujum arafasida turibdi. Bu orqali ruslarni 60 kilometr ortga, 2022 yil fevralida RF hujumi boshlangan nuqtaga surib tashlash mumkin.

 

Kiyev erishilgan muvaffaqiyat oldida to‘xtab qolishni istamaydi, ayniqsa, bu yerda g‘alaba yaqin bo‘lib turgan bir paytda. Shu bilan birga Xerson ozod qilingandan keyin janubiy-g‘arbdagi amaliyotlar sekinlashishi mumkin.

 

Rossiyaning Qrimdagi nozik avtobomil va temiryo‘l tizimlariga zarba berish maqsadida Dneprni kechib o‘tish murakkab vazifa sanaladi. Ammo ukrain qurolli kuchlarining yangi hujumlarini istisno etib bo‘lmaydi.

 

2023 yilda Rossiyaning bahorgi hujumi natijasi hal qiluvchi omil bo‘ladi. Putin yaqinda safarbar qilingan 50 ming kishi frontda ekanini tan oldi; qolgan 250 ming askar 2023 yilgi harbiy harakatlarda qatnashish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

Ushbu yangi rus qo‘shinlarining jang maydonidagi taqdiri hal bo‘lmaguncha urushni davom ettirishdan boshqa ssenariy mavjud emas. Boshqa bir yo‘l — qisqa va beqaror o‘t ochish rejimini joriy etish. Putin to‘xtamasligini aniq aytdi. Ukraina esa o‘z mamlakati uchun kurashdan to‘xtamasligini bildirdi.

 

“Ukraina o‘z yerlarini qaytarib oladi”

Andrey Piontkovskiy, vashingtonlik olim va tahlilchi:

 

Ukraina 2023 yil bahorigacha g‘alaba qozonib, hududiy yaxlitligini tiklaydi. Bu xulosa ikki faktorga asoslanadi.

 

Birinchidan, ukrainaliklarning harbiy tarixda misli ko‘rilmagan motivatsiyasi, qatʼiyati va matonati.

 

Ikkinchidan, Rossiya rahbarini ko‘p yillar davomida tinchlantirib kelgan G‘arbning nihoyat ko‘zi ochildi va tarixiy chaqiriq masshtabini anglab yetdi. Buni yaqinda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg yaxshi izohladi.

 

“Biz to‘layotgan tovon pullar bilan o‘lchanadi. Ukrainaliklar esa qon bilan to‘lamoqda. Agar avtoritar rejimlar kuch ishlatish natija berayotganini ko‘rsa, bundan-da og‘irroq tovon to‘laymiz. Dunyo ham yana-da xavfli bo‘ladi”, – degandi u.

 

Shu bilan birga, Ukraina g‘alabasining vaqti NATOning hujumkor qurollarni yetkazib berishiga bog‘liq. Aynan shu qurollar jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirishga qodir.

 

Yaqin oylar ichida Melitopol nizoning asosiy nuqtasi bo‘lishi mumkin. Melitopolni ozod qilish orqali ukrainaliklar Azov dengiziga osonlik bilan yaqinlashishi va Qrim bilan aloqa hamda taʼminot chizig‘ini uzib qo‘yishi mumkin.

 

“Oxiri ko‘rinmayapti”

Barbara Zanchetta, London qirollik kolleji, urushni o‘rganish fakulteti:

 

Vladimir Putin  xorijiy davlatlarning jiddiy yordam bermasligi va Ukrainaning sust harakatlariga umid qilgandi. Bu jiddiy xato nizoning cho‘zilishiga va oxiri ko‘rinmasligiga olib keldi.

 

Qish og‘ir bo‘ladi, chunki Rossiyaning Ukraina infratuzilmasiga hujumi shusiz ham charchagan va zaiflashgan aholining maʼnaviy ruhini sindirishga qaratilgan. Ammo ukrainaliklar hayron qolarli darajada matonatli bo‘lib chiqdi. Ular qatʼiy turadi va urush davom etadi.

 

Muzokaralar istiqbolini yaxshi deb bo‘lmaydi. Potensial tinchlik kelishuvi uchun eng kamida bir tomonning asosiy talablari o‘zgarishi kerak. Ammo hozircha buning amalga oshirilishi belgilari ko‘rinmayapti.

 

Urush qachon tugaydi?

 

Urushning moddiy va boshqa oqibatlari Rossiya siyosiy elitasining parchalanishi va nizoning qo‘llab-quvvatlanishini pasaytirishi mumkin. Mojaroning yakunlanishi Moskvaning qo‘lida.

 

Hukumatning xato xulosalari hal qiluvchi omil bo‘lgan o‘tmishdagi urushlar (AQSHning Vyetnamdagi yoki SSSRning Afg‘onistondagi urushi)da aynan shu tarzda tugagan. O‘zgargan ichki siyosiy sharoitlar eng maqbul variant sanaladi.

 

Ammo hozirda bu faqatgina G‘arbning urushning o‘sib borayotgan oqibatlariga qaramay, Ukrainani qatʼiy qo‘llashda davom etishiga bog‘liq. Afsuski, bu siyosiy irodani uzoq sinaydigan iqtisodiy, siyosiy va harbiy jang bo‘ladi. Va 2023 yil oxiriga qadar nizo katta ehtimol bilan tugamaydi.

 

“Rossiyaning mag‘lubiyatidan tashqari boshqa yakun yo‘q”

Ben Xodjes, AQSHning Yevropadagi quruqlik qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni:

 

Kiyevda g‘alaba paradini o‘tkazishga hali erta, ammo hozir ustunlik Ukraina tarafda va ishonamanki, ular bu urushda g‘alaba qozonadi. Bu, balki, 2023 yilda sodir bo‘lar.

 

Qishda voqealar rivoji sekinlashadi, ammo ukrain harbiylari Buyuk Britaniya, Kanada va Germaniyadan kelayotgan qishki yordam evaziga, shubhasiz, rossiyaliklarga nisbatan vaziyatdan yaxshiroq foydalanadi.

 

Yanvarda Ukraina hatto kampaniyaning yakuniy fazasi — Qrimni qaytarib olishga kirishishi mumkin.

 

“Ko‘prog‘ini kuting”

David Gendelman, isroillik harbiy ekspert:

 

Fikrimcha, tomonlar keyingi bosqichda quyidagilarni maqsad qilgan.

 

Safarbar qilingan rossiyaliklarning faqatgina yarmi harbiy harakatlar zonasida. Qolganlar Xersondan chekingandan keyin bo‘shagan kuchlar bilan birga Rossiyaga yangi hujum boshlash imkonini beradi.

 

Lugansk va Donesk viloyatlari okkupatsiyasi davom etadi, ammo Pavlograddan janubga siljib, Donbassdagi ukrain kuchlarini qurshovga olish ehtimoli kam.

 

Katta ehtimol bilan hozirgi taktika — ukrainaliklarning tor huddudan siqib chiqarib, sekinlik bilan oldinga siljishi davom etadi. Svatovo-Kremennoy rayonida ham shunday usul qo‘llanadi.

 

Ukraina energetik infratuzilmasi va qo‘shinlarning orqa tarafiga davom etayotgan hujumlar joriy urush strategiyasining boshqa tomoni sanaladi.

 

Xersondagi chekinishdan so‘ng ukrainaliklar ancha kuchlarini ozod qildi. Ukrain armiyasi uchun eng ustuvor yo‘nalish hozirda janubda — Melitopol va Berdyansk bo‘lib qolmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad Rossiyaning Qrim bilan bog‘lovchi yo‘lagini kesib qo‘yish. Bu Ukrainaning yirik g‘alabasi bo‘lishi mumkin, aynan shuning uchun ruslar Melitopolni mustahkamlashda davom etmoqda.

 

Kiyev uchun yana bir variant — Svatovo. Bu yerdagi muvaffaqiyatli harakatlar Rossiya qo‘shinlarining shimoliy qanotini xavf ostiga qo‘yadi.

 

Shu bilan birga hujumlarga qancha kuch zarurligi, ularni amalga oshirish, yangi bo‘linmalar tuzish masalasi ochiqligicha qolmoqda.

 

Bu savollarga ayozli kunlar boshlangach, javob olamiz. Aynan shu vaqtda urushning yakunlari qanday bo‘lishi oydinlashadi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

“Barchasi Rossiyaning bahorgi hujumi natijasiga bog‘liq” | Zamon.uz