"Qiz farzandni, onani o‘qitsak, jamiyatni o‘qitgan bo‘lamiz", — Shavkat Mirziyoyev
Prezident yangi o‘quv darsliklari taqdimotida qiz farzandlar va ayollarni o‘qitish kerakligini taʼkidladi.

Prezident yangi o‘quv darsliklari taqdimotida qiz farzandlar va ayollarni o‘qitish kerakligini taʼkidladi.
"Bolalarni kim tarbiya qiladi? Albatta, ayollar. Shuning uchun biz qizlarimizni, onalarimizni o‘qitishimiz kerak. Shunda jamiyatni o‘qitgan bo‘lamiz", — dedi Prezident.
Shuningdek, davlat rahbari o‘z nutqini davom ettirib:
"Kelgusi yili taʼlimga oid ham ko‘plab qaror, farmonlar chiqadi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari uchun ipoteka kreditlarini kamaytirsak bu ham yaxshi bo‘ladi. Bugun men ko‘p savollarga javob oldim.
Albatta, 20-30-40 yil davomida eskicha dars bergan o‘qituvchiga yangi darsliklarga o‘tish biroz og‘ir. Lekin bugun bu narsani qilmasak, ertaga o‘zimiz kutgan natijani ololmaymiz”, — deya taʼkidladi.







