Salomatlik

JSST koronavirusning yangi to‘lqini boshlanishidan xavotirda

Omikron shtammining yangi subvarianti 29 mamlakatda ro‘yxatga olindi.

JSST koronavirusning yangi to‘lqini boshlanishidan xavotirda

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, “omikron” shtammining yangi XBB.1.5 subvarianti 29 mamlakatda ro‘yxatga olindi. Qolaversa, u bir necha hafta ichida AQSHda dominant versiyaga aylandi. Hozir yangi mutatsiya Yevropa mamlakatlarida ham keng tarqalmoqda.

 

“Biz o‘sish surʼatlaridan tashvishdamiz, — deydi JSST eksperti Mariya Van Kerxove. — Chunki hozirgacha maʼlum variantlar orasida XBB.1.5 ning yuquvchanligi yuqori. Xavotirli jihati, u dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin".

 

Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus ham 2022 yil oxirida aniqlangan mazkur mutatsiya haqida to‘xtalar ekan, u “omikron” BA.2 versiyasining rekombinanti ekanligini taʼkidladi.

 

“Dunyo bo‘ylab kasallanishning yangi to‘lqini kutilmoqda, — deydi u. — Ammo bu o‘lim ko‘rsatkichlari oshishiga olib kelmasligiga ishonamiz. Chunki biz o‘tgan davrda mazkur virusga qarshi kurashish borasida yetarli tajriba to‘pladik”.

 

Shundan kelib chiqib, mutaxassislar COVID-19'ga qarshi buster dozada emlanish eng to‘g‘ri chora ekanligini taʼkidlamoqda.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.