Amerikaning eng keksa ayoli vafot etdi
U o‘zining ikki farzandidan ko‘proq yashadi.

Amerikaning eng keksa ayoli Bessi Xendriks 115 yoshida vafot etdi. Bu haqda "New York Post" xabar berdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Xendriks 1907-yil 7-noyabrda Ayova shtatida tug‘ilgan, ayol besh farzandining ikkitasidan ko‘proq umr ko‘rgan.
Fermada ulg‘aygan Xendriks “mashaqqatli mehnat”ni uzoq va muvaffaqiyatli hayot siri deb atagan.







