Salomatlik

"Dok-1 Maks" yana bir bolaning hayotiga nuqta qo‘ydi

Uchqo‘rg‘onlik oilaning yolg‘iz farzandi ham mazkur dori vositasidan zaharlanib vafot etdi.

"Dok-1 Maks" yana bir bolaning hayotiga nuqta qo‘ydi

 

Namanganda ikki kun davomida ikki mahaldan "Dok-1 Maks" siropidan isteʼmol qilgan 3 yoshli bola vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqda xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, vafot etgan bemor B.Q. shifoxonadan tashqari rivojlangan pnevmoniya, o‘tkir kechuvi og‘ir formasi, hazm faoliyatini funksional buzilishi va dispeptik holat hamda gipovolemiya og‘ir darajasi tashxisi bilan davolangan.

 

"Bemor 2022 yil 15 dekabr kuni tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan paytda og‘ir holatda bo‘lgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam choralariga qaramasdan u 2022 yil 21 dekabr kuni vafot etgan.Butun respublika bo‘ylab ‘Dok-1 Maks‘ dori vositasining salbiy taʼsiri bo‘yicha muammolar kelib chiqishi boshlaganidan keyin so‘rab o‘rganilganda, vafot etgan bemor onasining so‘zidan bu bemor ham uy sharoitida shifokor ko‘rsatmasisiz ushbu preparatni qabul qilgani aniqlangan", — dedi viloyat SSB boshlig‘i Abdulxodi Iminov.

 

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"