Salomatlik

Retseptsiz dori vositalarini sotganlarga qanday jazo bor?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Retseptsiz dori vositalarini sotganlarga qanday jazo bor?

 

Bunga Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori maslahatchisi Muhabbat Ibragimova javob berdi.

 

— Qonunchilikka ko‘ra, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi va psixotrop moddalar, giyohvandlik vositalari mavjud bo‘lmagan, retsept bilan beriladigan dori vositalarini retseptsiz sotish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi. Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarni retseptsiz sotish esa bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorida jarima, ikki yil axloq tuzatish ishlari yoki uch yillik qamoq jazosiga sabab bo‘ladi. Dorixonalar muntazam ravishda bunday qonunbuzarlikni sodir etib kelgan taqdirda, bu holat litsenziya talablari va shartlarining qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanib, litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladi. Dorixonalarga tadbirkorlik subyekti deb qaraladi. Holbuki, u yerda oq xalat kiygan mutaxassislar ishlaydi. Bu – ular barcha farmatsevtik talablarga to‘liq javob berishi kerak degani.

 

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"