O'zbekiston

Tez yordam mashinalari imtiyozga ega—vazirlik

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarga rasmiy izoh berildi.

Tez yordam mashinalari imtiyozga ega—vazirlik

 

Ijtimoiy tarmoqda tez tibbiy yordam mashinalariga tezlikni o‘lchovchi maxsus avtomatlashtirilgan, onlayn rejimda ishlovchi kameralar orqali jarimalar qayd etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi qo‘shma bayonot eʼlon qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 17 prim 1-moddasi beshinchi xatboshisiga ko‘ra, tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek, ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus foto va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning maʼmuriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi. So‘ng mazkur maʼmuriy ish ushbu kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.

 

Mazkur hujjatning 271-moddasi birinchi xatboshisining to‘rtinchi kichik bandiga ko‘ra, shaxs harakatni oxirgi zarurat holatida qilgan bo‘lsa, maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas. Boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi belgilangan.

 

Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek, ular kuzatib kelayotgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sharti bilan yo‘l harakati qoidalarining (7-bob, 9-16, 19-20 va 22-boblari, 1 va 2-ilovalari) talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

 

Yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishi uchun maxsus xizmatlarning transport vositalarida ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo‘lishi shart. Ular o‘zlariga yo‘l berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘nggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128 prim 5 - moddasi birinchi qismiga ko‘ra, maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan xalaqit berish - BHMning besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

2022 yilning 1 noyabr kuni IIV Yo‘l harakati xavfsizligi, Respublika Tez tibbiy yordam xizmati markazi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi avtotransport bo‘limi masʼul rahbarlari ishtirokida tez tibbiy yordam avtomobillarining maxsus foto-video fiksatsiya moslamalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha kelib chiqayotgan muammolar to‘liq bartaraf etilib, ishlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.

 

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"