Siyosat

Prezident rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator takliflar berdi

Shavkat Mirziyoyev “Global Janub ovozi” sammiti yalpi majlisida nutq so‘zladi.

Prezident rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator takliflar berdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 yanvar kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi raisligida onlayn shaklda o‘tkazilgan “Global Janub ovozi” sammiti yalpi majlisida nutq so‘zladi.

 

Hindistonning “Katta yigirmatalik”ka (G20) raisligi doirasida tashkil etilgan tadbirda Vyetnam Respublikasi Prezidenti Nguyen Suan Fuk, Gayana Respublikasi Prezidenti Muhammad Irfon Ali, Mozambik Respublikasi Prezidenti Filipe Nyusi, Senegal Respublikasi Prezidenti Maki Sall, Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri Shayx Xasina, Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene, Tailand Qirolligi Bosh vaziri Prayut Chan Ocha, Kambodja Qirolligi Bosh vaziri Xun Sen va Papua - Yangi Gvineya Mustaqil Davlati Bosh vaziri Jeyms Marape qatnashdi.

 

Kun tartibiga muvofiq, inson manfaatlariga yo‘naltirilgan barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi, rivojlanayotgan mamlakatlarning manfaatlarini ilgari surish va dolzarb muammolarini hal qilish maqsadida, shu jumladan iqtisodiyot, ekologiya, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, inson resurslarini rivojlantirish, innovatsiyalar, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr va aniq takliflar almashildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugungi xalqaro vaziyatda kuzatilayotgean dolzarb tendensiyalarga baho berib, rivojlanayotgan mamlakatlar oldida turgan asosiy ustuvor vazifalar borasida fikr bildirdi.  

 

- Bugungi kunda jahon hamjamiyati turli qarama-qarshilik va ziddiyatlarning keskinlashuvi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlariga duch kelmoqda. Biz xalqaro munosabatlarda ochiq muloqot va o‘zaro ishonchning tobora kamayib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz, - dedi davlatimiz rahbari.

 

O‘zbekiston yetakchisi qayd etganidek, koronavirus pandemiyasi, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi masalalari hamda ekologik muammolar global taraqqiyotning istiqbollariga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

 

Hindistonning rivojlanayotgan mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli va samarali aloqalarni mustahkamlashdagi faol o‘rni va roli alohida taʼkidlandi.

 

Shu maʼnoda, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani va xalqlarimizning umumiy manfaatlariga xizmat qilayotgani qayd etildi.

 

Prezidentimiz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarning markazida inson manfaatlarini taʼminlash eng ulug‘ maqsad va vazifa etib belgilanganini alohida taʼkidladi.

 

- Taraqqiyot strategiyamizning asosiy mazmuni – qonun ustuvorligi va inson kapitalini rivojlantirish, adolatli va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Biz o‘z oldimizga yaqin kelajakda inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlash, mamlakatda kambag‘allikni ikki barobarga qisqartirish kabi katta rejani qo‘yganmiz, - dedi davlatimiz rahbari.

 

O‘zbekiston Prezidenti Hindistonning G20ga raisligini qo‘llab-quvvatlab, kun tartibidagi masalalar yuzasidan qator amaliy takliflarni ilgari surdi.

 

Eng avvalo, bugungi kunda mavjud xalqaro savdo tizimini “Global Janub ovozi”ni eʼtiborga olgan holda takomillashtirish taklif qilindi.

 

Asosiy bozorlarga chiqishda hamon turli to‘siq va cheklovlarga duch kelayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratilishi lozim.

 

Rivojlanayotgan davlatlarning energetika va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, global logistika va qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish, investitsiya va eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etishda ko‘maklashish masalalari jahon sammiti kun tartibidan o‘rin olishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

 

Yana bir strategik masala – “Shimol-Janub” xalqaro yo‘lagi doirasida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirishga qaratilgan, Afg‘oniston orqali Hind okeaniga chiqadigan temir yo‘lni qurish loyihasini faol ilgari surish. O‘zbekiston yetakchisi hamkorlarni ushbu muhim loyihada ishtirok etishga chaqirdi.

 

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish sharoitida taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi katta texnologik farq o‘sib bormoqda. Shu munosabat bilan jahonning yetakchi davlatlari ko‘magida “Global Janub” uchun “yashil” texnologiya va innovatsiyalar axborot bankini yaratish taklif qilindi.

 

Navbatdagi dolzarb masala inson kapitalini rivojlantirish va professional taʼlim sifatini oshirish ekani ko‘rsatib o‘tildi.

 

- Iqtidorli yoshlarimizni iqlim o‘zgarishi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, muqobil energetika, raqamlashtirish va boshqa ustuvor sohalardagi milliy va xalqaro dasturlarni ishlab chiqishga keng jalb etishimiz kerak, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

 

Shundan kelib chiqib, “Janub yoshlari ovozi” doimiy muloqot platformasini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

 

Global miqyosda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida davlatimiz rahbari O‘zbekiston ilgari surayotgan Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha xalqaro muloqot guruhini shakllantirish taklifini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.  

 

Onlayn-sammitda bildirilgan taklif va tashabbuslar rivojlanayotgan mamlakatlarning manfaatlarini ilgari surishga, inson manfaatiga yo‘naltirilgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

 

So‘zining yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti do‘st Hindiston xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Respublika kuni bilan samimiy tabrikladi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Prezident rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator takliflar berdi | Zamon.uz