Maktablarda taʼtil muddati yana uzaytirilmoqda
Avvalroq o‘qish 16 yanvardan boshlanishi aytilgandi.

O‘zbekistonning 6 viloyati va Toshkent shahrida maktablar uchun qishqi taʼtil muddati 18-yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda mahalliy hokimliklar maʼlum qilmoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining taʼlim sohasidagi vakolatlariga asoslanib hamda sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotganidan kelib chiqib, Buxoro, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm, Namangan va Andijon viloyatlarida taʼtil muddati uzaytirilgan.
O‘quv mashg‘ulotlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.







