Lifestyle

Dunyoning eng keksa ayoli 118 yoshida vafot etdi

116 yoshida u koronavirusni yenggan edi.

Dunyoning eng keksa ayoli 118 yoshida vafot etdi

 

Dunyoning eng qari ayoli fransiyalik Lyusil Randon vafot etdi. U 118 yoshda bo‘lgan.

 

Fransiyalik 2022 yilda yaponiyalik Kane Tanaki vafotidan keyin eng qari ayol bo‘lib qolayotgandi.

 

Lyusil 1904 yil 11 fevralda tug‘ilgan. Yoshligida u guvernant bo‘lgan, keyinchalik gospitalda ishlagan. 1979 yilda ayol rohiba bo‘ladi. Shundan keyin Savoyya monastirida 30 yil yashagan.

 

Randon 108 yoshigacha ishlagan. 2010 yillar boshida uning ko‘zlari ko‘rmay qolgan. Ayol vino va shokolad ortidan uzoq umr ko‘rganini iddao qilgan. 116 yoshida u koronavirusni yenggandi.

Dunyoning eng keksa ayoli 118 yoshida vafot etdi | Zamon.uz