Salomatlik

O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov maʼlum qildi.

O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi

 

O‘zbekistonda immunobiologik preparatlar va onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov maʼlum qildi.

 

Prezidentning Singapurga davlat tashrifi doirasida farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha ikkita kelishuv bitimi imzolandi.

 

Ushbu mamlakatning “Meynxardt Grup” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan Loyihalashtirish va injiniring markazi bilan immunobiologik preparatlar ishlab chiqaruvchi, umumiy qiymati 49 million dollarga teng farmatsevtika korxonasi ochilishi belgilandi.

 

Mamlakatda kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonida qo‘llaniladigan quyidagi preparatlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:

 

vaksina, anatoksin, probiotik va eubiotiklar;

immunoglobulin va immun zardoblari, gen injenerligi yo‘li bilan olingan monoklonal antitanalar;

immun korreksiyasi, immun tanqisligi muolajasi va profilaktikasida qo‘llaniladigan immunomodulyatorlar (interleykin, interferon, timus gormonlari, miyelopeptidlar, o‘sma nekrozi omili, o‘sish omillari va boshqalar).

 

Bundan tashqari, “SiPiDji Interneyshnl” kompaniyasi hamkorligida ochilayotgan O‘zbekiston — Singapur investitsiya korxonasi bilan ildiz hujayralari asosida dori vositalari tayyorlovchi biofarmatsevtika kompleksini tashkil etishga qaratilgan qiymati 100 million dollarlik loyihani ro‘yobga chiqarishga kelishildi.

 

Loyihaning amalga oshirilishi tufayli onkologik kasalliklar muolajasi, ko‘mik to‘qimalari transplantologiyasi hamda markaziy asab tizimi hujayralarini tiklashda qo‘llaniladigan biofarmatsevtik vositalar ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi | Zamon.uz