“Tashkent Indeks”dagi talabalar chiqarib yuborilayotgani aytildi
Holat yuzasidan vazirlik munoaabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda “Tashkent Indeks”dagi talabalar majburan chiqarib yuborilayotgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, talabalarning oliy taʼlim muassasalari tomonidan yotoqxonalarga koʻchirilayotgani ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri talqin qilinmoqda.
Joriy oʻquv yili boshida “Tashkent Indeks” savdo majmuasida talabalar vaqtincha turishlari uchun sharoit yaratilgan edi. Oʻtgan davr mobaynida aksariyat oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalar turar joylarida qoʻshimcha yotoq oʻrinlari yaratilib, koʻchish istagini bildirgan talabalar ko‘chirib o‘tkazildi. Shu kunlarda esa sovuq havo haroratida majmua yetarli sharoitga ega emasligi bois, ko‘chirish ishlari oliy o‘quv yurtlari talabalar turar joylarida ko‘proq qo‘shimcha boʻsh oʻrinlari yaratilishi, aksariyatida yangi yotoqxonalar barpo etilishi hisobiga yanada jadallashdi.
“Bunda “Tashkent Indeks”da qolishni xohlovchi talabalarni majburan chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”, - deyiladi xabarda.








