Salomatlik

Dori vositalarini nazoratsiz qabul qilish qanday oqibatlarga olib keladi?

SSV kerakli ma’lumotlarni taqdim etdi.

Dori vositalarini nazoratsiz qabul qilish qanday oqibatlarga olib keladi?

 

Pankreatit — oshqozon osti bezining o‘tkir yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallik. U o‘z vaqtida davolanmasa, jarayon boshqa to‘qimalarga ham tarqalishi xavfi katta.

 

Me’da osti bezi — ovqat hazm qilishda ishtirok etadigan muhim a’zo. U ozuqa moddalari so‘rilishiga xizmat qiladigan, ichakdagi oqsil, yog‘ va murakkab uglevodlarni parchalaydigan fermentlar ishlab chiqaradi. Qolaversa, endokrin tizimi faoliyatini tartibga solish vazifasini ham bajaradi. 

 

Oshqozon osti bezining yallig‘lanishiga ko‘pincha spirtli ichimliklar, noto‘g‘ri ovqatlanish, o‘t-tosh kasalligi, dori vositalarini nazoratsiz qabul qilish, virusli va bakterial infeksiyalar, chekish sabab bo‘ladi. 

 

Shuningdek, qonda trigliseridlar va kalsiyning yuqori konsentrasiyasi, immun tizimi faoliyati buzilishi, ichak va o‘t yo‘llari yallig‘lanishi, qorin bo‘shlig‘i shikastlanishi hamda oshqozon osti bezining xavfli o‘smasi ham pankreatitni keltirib chiqaradi.

 

Kasallik ko‘ngil aynishi, qayt qilish, qorin dam bo‘lishi, teri sarg‘ayishi, yurak tez urishi, sababsiz vazn yo‘qotish kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. Ba’zan chap qovurg‘a ostida to‘satdan paydo bo‘lgan kuchli og‘riq tegishli muolajalarsiz bosilmaydi. 

 

O‘tkir pankreatit to‘qimalar va bez tuzilmasida qaytarib bo‘lmaydigan jarayonlar, destruksiya bilan kechadi va hatto o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Kasallikning bu shaklida pankreatik shiralar bezning o‘zida saqlanib qoladi va faollashib, uning hujayralarini parchalay boshlaydi.

 

Surunkali pankreatit yengil simptomatika bilan ifodalanadi va bir necha yil davom etishi mumkin. Keyingi bosqichda oshqozon osti bezi vazifasining buzilishlari ancha sezilarli bo‘ladi. 

 

Uning kuchayishiga asosan achchiq, yog‘li yoki qovurilgan ovqatlar, gazlangan va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish sabab bo‘ladi, ayniqsa, ular och qoringa qabul qilinsa.

 

Pankreatitga chalingan bemorlar oilaviy shifokor va jarrohlar nazorati ostida ambulatoriya sharoitida muolaja olsa bo‘ladi. Ba’zida stasionar davolanish ham mumkin.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.