0

Gruziya va Rossiya o‘zaro yaqinlashmoqdami?

RFning Ukrainaga qarshi harbiy agressiyasi davrida Gruziya iqtisodiyoti 10 foizga o‘sdi.

Gruziya va Rossiya o‘zaro yaqinlashmoqdami?

 

Rossiya va Gruziya o‘rtasida aviaqatnovlar 2019 yilda to‘xtatilgan edi. Bunga o‘sha paytda mamlakat parlamentida ko‘rinish bergan RF Davlat dumasi deputati Sergey Gavrilov va buning ortidan boshlangan Tbilisidagi norozilik namoyishlari sabab bo‘lgandi. Ommaviy janjal ortidan Moskva bir tomonlama aviaqatnovlarni bekor qiladi.

 

“Gavrilov tuni”dan so‘ng oradan 4 yil o‘tdi. Hozirda ikki davlat poytaxtida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni tiklash vaqti keldi, deb hisoblashmoqda.

 

Aviaqatnovlar tiklanishi: hukumat rozi, prezident qarshi

 

“RFda millionga yaqin fuqarolarimiz va etnik gruzinlar yashaydi. 2019 yilda qabul qilingan qaror ularning hayotini og‘irlashtirdi. Agar parvozlar qayta tiklansa, bu fuqarolarimiz uchun muhim qadam bo‘ladi va faqatgina olqishlanadi” – degan “Gruzin orzusi” partiyasi raisi Irakliy Kobaxidze.

 

Hukmron partiyaning tanqidchilari esa buni Moskvaga qulluq qilish va “Rossiya bilan aviatsiya sohasida kollaboratsiya” sifatida baholashdi.

 

Tbilisidagi Ilya davlat universiteti professori Giya Nodiya aviaqatnovlarning tiklanishini RFning ramziy ishorasi sifatida ko‘radi.

 

“Kreml nuqtai nazari bilan qaraganda, Tbilisi Ukrainaga qarshi urushda neytrallikni saqlab qoldi va shu tariqa o‘zini yaxshi tutmoqda. Buning evaziga Gruziyani “taqdirlashga” qaror qilishdi” , — deydi Nodiya.

 

Aviaqatnovlar tiklanishini Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili ham qoralab chiqdi. Ammo u parlamentar respublikada taʼsir dastaklariga ega emas.

 

“Hamkor davlatlarimiz Ukrainaning fidokorona kurashini so‘z yoki amal bilan qo‘llab-quvvatlagan bir paytda, mening yoki gruzin jamiyatining katta qismining fikricha, hukumat va hukmron partiya pozitsiyasi, yumshoq qilib aytganda, tushunarsiz”, – degan prezident.

 

U nafaqat aviaqatnovlar tiklanishini to‘xtatish, balki, rossiyaliklarning Gruziyada bo‘lib turishi qoidalarini kuchaytirishga chaqirgan. O‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, mamlakat aholisining 78 foizi ikki davlat o‘rtasida viza rejimini joriy etish tarafdori. Shunga qaramay, hukumat bu kabi choralarni ko‘rishni istamayapti. Ammo muxolifat bundan qattiq xavotirda: ayrim siyosiy doiralar Gruziyaga kirib kelayotganlar orasida Vladimir Putinning tarafdorlari bo‘lishi mumkinligidan xavfsiramoqda.

 

Hukumat va prezident o‘rtasidagi munosabatlar “Gruzin orzusi” partiyasining G‘arbga qarshi ritorikasi oshganidan so‘ng yana-da kuchaydi. Zurabishvilining fikricha, muhim hamkorlarni tanqid qilish YEI tomon harakatlanayotgan Gruziyaga katta zarar keltirishi mumkin.

 

Nima uchun Gruziya neytral bo‘lib qolmoqda?

 

Gruziya Rossiyaga nisbatan xalqaro sanksiyalarga ovoz bergan bo‘lsa-da, Tbilisi o‘z milliy sanksiyalarini joriy etmadi. Buning evaziga gruzinlar RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning maqtoviga “sazovor bo‘ldi”. Diplomat Gruziya hukumatining matonatli ekanini va “G‘arb bosimiga dosh berayotgani”ni aytgandi. Ammo janob Lavrovning eʼtirofi gruzin jamiyati tomonidan salbiy qabul qilindi. Moskvaning bunday ritorikasi hukmron partiya muxoliflariga amaldagi hukumatni rossiyaparast kursda ayblashiga xizmat qiladi.

 

Ko‘pchilik Gruziyaning “norasmiy yetakchisi” deb hisoblaydigan Bidzina Ivanishvilining sobiq maslahatchisi bo‘lgan Giya Xuxashvilining fikricha, Tbilisi avvalboshdanoq Moskvaga ishongan.

 

“Uning fikricha, Rossiya Ukrainani mag‘lub etadigan qudratli davlat. Ular o‘z siyosatini shu kabi prognozlar asosida quradi, Moskva esa buni nazardan qochirmaydi”, – degan u.

 

Iqtisodiy manfaatlar

 

Gruzin siyosatchilari mamlakat neytrallini resupblikaning iqtisodiy manfaatlari bilan ham izohlaydi. Gruziya milliy statistika xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasidan so‘ng mamlakat YAIM 10 foizga o‘sdi, milliy valyuta lari esa rekord darajada mustahkalanishda davom etmoqda. Iqtisodchilar buni xarid qobiliyati yuqori bo‘lgan rossiyaliklarning mamlakatga kirib kelishi bilan bog‘lamoqda.

 

Shuningdek, ekspertlar Rossiya bilan savdoning oshishi ham iqtisodiy o‘sishga taʼsir ko‘rsatganini taʼkidlashgan. 2022 yilda ikki davlat o‘rtasida tovar ayirboshlash yarim yil ichida 50 foizga ko‘paydi. Armaniston va Turkiyadan Gruziya orqali RFga tranzit ham rekord darajada oshgan. Shuningdek, Tbilisini Rossiyaga sanksiyaviy tovarlarni yetkazib berayotgan postsovet davlatlardan biri sifatida gumonlashmoqda. Ammo bu mamlakat prezidenti va bosh vaziri tomonidan inkor etib kelinadi.

 

O‘zaro savdoning oshishi hammaga ham maqbul kelmayapti.

 

“Moskva savdoni o‘z siyosiy maqsadlarida ishlatishi mumkinligi hech kimga sir emas. biz buni kitoblar orqali emas, balki tarixiy tajriba orqali bilamiz”, – degan Kavkaz universiteti iqtisodiyot fakulteti dekani Soso Berikashvili.

 

Siyosatshunos Giya Nodiya ham shunga yaqin fikrlarni aytgan.

 

“Lavrov va Putin hozircha hammasidan rozi. Ammo Gruziya boshqa tarafga qarab yurishi bilan ular, avvalgidek gruzin vinosining sanitar talablarga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblab, emargo joriy etishadi”,  deb qayd etgan u.

 

Berikashvili mamlakat iqtisodiyotining Rossiyaga qaramligini kamaytirish uchun yo‘nalishni Yevropa bozorlariga qaratish kerakligini aytgan.

 

custom img

Makron Navalniy vafotining ikki yilligi munosabati bilan bayonot berdi

Fransiya prezidenti uning o‘limi “ataylab sodir etilgani ayon bo‘ldi” deya ta’kidladi.

custom img

Rahmon qayerda?

So‘nggi 10 kun ichida biror marta ham davlat yig‘ilishlarida ishtirok etmagan Tojikiston rahbari Emomali Rahmon haqida ijtimoiy tarmoqlarda uning vafot etgani haqida turli mish-mishlar paydo bo‘ldi.

custom img

Turkmanistonda 50 dan ortiq farmon bilan ommaviy kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi

Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar va bir qator davlat idoralari rahbarlarida o‘zgarishlar bo‘ldi.

custom img

Ukrainaning sobiq energetika vaziri pul yuvishda ayblanmoqda

German Galushchenko 15-fevral kuni hibsga olingan.

custom img

Qirgʻizistonda bir kunda uch vazir ishdan olindi

Transport, ekologiya va favqulodda vaziyatlar vazirliklarida rahbariyat o‘zgardi.

custom img

Tashiyev bilan do‘stligimiz saqlanadi, ammo u davlat xizmatiga qaytmaydi — Japarov

Qirgʻiziston prezidenti sobiq xavfsizlik rahbari Kamchibek Tashiyev bilan uchrashdi.

custom img

AQShning Maduroni qo‘lga olish operatsiyasi qariyb 3 mlrd dollarga tushdi — Bloomberg

Harbiy flot va aviatsiya texnikalarining joylashtirilishi milliardlab dollar xarajat talab qilgan.

custom img

Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri lavozimidan ozod etildi

Avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev lavozimidan ozod etilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"