Jahon

Isroil va Livan sulhni amalga oshirishga kelishdi — mintaqaviy keskinlik yumshashi mumkin

Mazkur sulh ortidan Eron bilan bog‘liq muzokaralarda ham siljish bo‘lishi kutilmoqda.

Isroil va Livan sulhni amalga oshirishga kelishdi — mintaqaviy keskinlik yumshashi mumkin

Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

AQSh ma’muriyati bu qadamni Eron bilan bog‘liq kengroq tinchlik bitimi sari muhim siljish sifatida baholamoqda.

 

AQSh Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, sulhning kuchga kirishi “Hizbulloh”ning jangovar harakatlarni to‘xtatishi va Janubiy Litani hududidan chiqishi bilan bog‘liq.

 

Shu bilan birga, mintaqada keskinlik saqlanib qolmoqda. Eronning Quvaytga uyushtirgan hujumi aeroport faoliyatiga zarar yetkazib, bir kishi o‘limiga va o‘nlab insonlarning jarohatlanishiga sabab bo‘ldi. Eron esa ayblovlarni rad etmoqda, AQSh esa hujumni tasdiqlamoqda.

 

CENTCOM janubiy Eronda raketa uchirish maydonlari va Qeshm orolida “mudofaa zarbalari” amalga oshirilganini bildirdi.

 

Mojaro davomida neft narxlari oshib, Hormuz bo‘g‘ozi orqali tashuvlar hanuz to‘liq tiklanmagan. Eron va AQSh muzokaralarni davom ettirmoqda, biroq yakuniy kelishuvga erishilmagan. AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi asosiy shart ekanini ta’kidladi.

 

Shu bilan birga, Isroil Livanda zarbalarni davom ettirmoqda, tomonlar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar kuzatilmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.