Jahon

Tramp Anqarada bo'lib o'tadigan NATO sammitida qatnashadi

AQSh Davlat kotibiga ko‘ra, ushbu yig‘ilish NATO tarixidagi eng muhim sammitlardan biri bo‘ladi.

Tramp Anqarada bo'lib o'tadigan NATO sammitida qatnashadi

AQSh prezidenti Donald Tramp iyul oyida Turkiya poytaxti Anqara shahrida bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida ishtirok etadi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi deydi Anadolu nashri.

 

Rubioning ta’kidlashicha, 7–8-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur sammit alyans tarixidagi eng muhim uchrashuvlardan biri bo‘lishi mumkin.

 

“Bu yerda aniqlashtirilishi va hal etilishi lozim bo‘lgan qator masalalar mavjud. Qo‘shma Shtatlar NATO a’zosi bo‘lib qolmoqda va biz sammitda ishtirok etamiz”, degan Rubio Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasidagi chiqishi davomida.

 

Davlat kotibi NATO faoliyatida muayyan islohotlar va o‘zgarishlar zarurligini qayd etib, ushbu masalalar Anqaradagi sammitning asosiy mavzularidan biri bo‘lishini bildirgan.

 

Uchrashuv davomida alyansning kelajakdagi strategiyasi, a’zo davlatlarning majburiyatlari hamda xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni takomillashtirish masalalari muhokama qilinadi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"