Jahon

AQSh Eron bilan sulhdan voz kechishi mumkin — WSJ

Tramp amerikalik harbiylar halok bo‘lsa, Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni qayta boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

AQSh Eron bilan sulhdan voz kechishi mumkin — WSJ

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan tuzilgan sulhga qaramay, agar Tehron harakatlari oqibatida amerikalik harbiylar halok bo‘lsa, harbiy amaliyotlarni qayta boshlash ehtimolini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan. Bu haqda The Wall Street Journal AQSh rasmiylariga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp ushbu pozitsiyasini yordamchilari bilan yopiq uchrashuvlarda muhokama qilgan. Unga ko‘ra, AQSh harbiy xizmatchilarining o‘limiga olib keladigan har qanday harakat Vashingtonning sulh bo‘yicha qarorlarini qayta ko‘rib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Shu bilan birga, manbalarning ta’kidlashicha, Oq uy hozircha Eronga qarshi havo hujumlarini to‘xtatish haqidagi qarorida qat’iy qolmoqda.

 

WSJ qayd etishicha, Tramp ma’muriyati Yaqin Sharqdagi mojaroni yanada kengaytirib yubormaslik maqsadida ayrim cheklangan keskinliklarga ma’lum muddat davomida toqat qilishga tayyor.

 

Avvalroq AQSh prezidenti Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda davom etayotganini, yaqin haftalarda muayyan kelishuvlarga erishish ehtimoli mavjudligini bildirgan edi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"