Antaliyada golf to‘pi kattaligida do‘l yog‘di
O‘tgan haftada Antaliyaning ayrim shaharlari kuchli yomg‘irdan aziyat chekkan edi.

Turkiya janubidagi mashhur Antaliya provinsiyasida do‘l aralash qor yog‘di. Natijada yo‘llardagi harakat qisqa muddatga falajlanib qoldi.
Gap shundaki, do‘l golf koptogi kattaligida bo‘lgan va avtomobil egalarini benzin quyish shahobchalari yoki yerosti turargohlariga bekinishga majbur qilgan.
Qor esa yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
O‘tgan haftada Antaliyaning ayrim shaharlari kuchli yomg‘irdan aziyat chekkan edi.







