Dunyoda eng yirik zaxiralardan biriga ega Eronda gaz tanqisligi kuzatilmoqda. Nima uchun?

Yanvar oyi boshida vazir Oudji aholini ogohlantirib, issiqroq kiyinishga va isteʼmolni kamaytirishga chaqirgandi.

Dunyoda eng yirik zaxiralardan biriga ega Eronda gaz tanqisligi kuzatilmoqda. Nima uchun?

 

Yirik gaz konlariga ega Eron energetik inqiroz avjiga chiqqan paytda Yevropaga o‘zini muhim yetkazib beruvchi sifatida taklif qilgandi. Ammo oradan bir necha oy o‘tib Tehronniing o‘zi gaz tanqisligi bilan to‘qnashdi.  Muammo nimada?

 

Eronda gaz yetishmovchiligi

 

2022 yil sentyabrida Eron neft vaziri agar qish sovuq kelsa, gaz yetmasligi haqida ogohlantirgandi. Ammo bu eronliklarga emas, yevropaliklarga qarata aytildi. Hatto chiqishlaridan birida u YEI davlatlarida boshqaruv yomonligini ham aytgandi. vazirning bunday bayonotiga ayrim ekspertlarning Rossiya gazni yetkazib berishni to‘xtatgan taqdirda Yevropa sanoati duch keladigan muammolar haqidagi prognozlari sabab bo‘lgan.

 

Tehron o‘shanda o‘zini muqobil yetkazib beruvchi sifatida taklif qilgan va yadro muzokaralaridagi pozitsiyasini mustahkamlab olganini taxmin qilgandi.

 

“Biz gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rindamiz, Yevropani bemalol taʼminlashimiz mumkin”, – degandi Eron TIV vakili Nosir Kanani.

 

Ammo eronliklar buning uchun AQSHning mamlakatga qarshi sanksiyalari bekor qilinishi zarurligini taʼkidlashgandi. Muzokaralardagi boshqa tomonlar Tehronni MAGATE (Xalqaro atom energetikasi agentligi) bilan hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi, ammo Eron tomoni buni rad etdi. Shuning uchun gaz eksporti bo‘yicha rejalar qog‘ozda qolib ketdi.

 

Vaqt o‘tishi bilan Yevroittifoqda vaziyat barqarorlashdi. Ammo uch oydan so‘ng Eronning o‘zi mamlakat ichkarisida eskirgan infratuzilma tufayli gaz tanqisligiga duch keldi.

 

Eronning gaz muammosi

 

Neft vazirligi Eronda gaz qazib olishda texnik muammolar borligini tan oldi. Yanvar boshida vazir Oudji aholini ogohlantirdi:

 

“Uyda bo‘lsangiz, issiqroq kiyining va isteʼmolni kamaytiring. Kim ko‘proq gazdan foydalansa, tarmoqdan uzib qo‘yilishini bilishi kerak”.

 

Bu bayonotdan keyin mamlakat shimoli sharqidagi hududlardan birida barcha davlat tashkilotlari gaz va elektrni tejash maqsadida yopildi. 84 million aholisi bor mamlakatda maktablar va davlat idoralari haftalar davomida yopiq.  Uy ichida iliqroq  kiyinish eronliklar uchun noodatiy holat, chunki mamlakatning ulkan zaxiralari bor. Ammo undan aksariyat hollarda samarasiz foydalaniladi.

 

Muammo o‘ta katta isteʼmolda

 

“Eron gaz va boshqa energetik resurslardan besamar foydalangani ortidan juda ko‘p isteʼmol qiladi”, – deydi Berlindagi Orient Matters konsalting byurosi rahbari David Jalilvand.

 

Hukumat subvensiyalar orqali iqtisodiy hayotni jonlantirishga harakat qiladi va bu Eronda muhim ahamiyatga ega. Mamlakatdagi uy xo‘jaliklarining og‘ir holati ularni bekor qilishga yo‘l qo‘ymaydi.

 

Hukumat, shuningdek, sanoatda, ayniqsa, temir, po‘lat va sement ishlab chiqarishda ham energiya isteʼmolini kamaytirishga harakat qiladi. 2020 yildagi rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, Eron gaz isteʼmoli bo‘yicha AQSH, Rossiya va Xitoydan keyingi o‘rinda turadi.

 

“Oxirgi 20 yilda Eron gaz qazib olishni sezilarli darajada oshirdi. Ammo yirik resurslar fonida qazib olishning mavjud hajmi yetarli emas. Bunga sabablardan biri AQSH sanksiyalari tufayli ilg‘or texnologiyalardan foydalanishning cheklanganligi sanaladi. Yaqin kelajakda Tehronda gaz eksportini oshirish uchun zarur quvvatlar bo‘lmaydi”, – degan Jalilvand.

 

Hamkorlar yoki raqobatchilar?

 

AQSH cheklovlari ortidan Tehron va Moskva o‘zaro kooperatsiyani kuchaytirmoqchi. 2022 yil iyulida Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Eronning NIOC neft konserni bilan 40 milliard dollarlik kelishuvga erishdi. Rus giganti eronlik hamkoriga 2 gaz va 6 neft konini o‘zlashtirishga yordam beradi.

 

Ammo Jalilvand Rossiya bu kelishuvga ishonchsizlik bilan qarashini aytmoqda. Uning fikricha, Moskva jahon bozorida o‘zidan kuchli hamkorni qo‘llab-quvvatlashni istamaydi. Ammo ekspert sanksiyalar ortidan Rossiya energotashuvchilarini sotish imkoniyati pasayganiga ham eʼtibor qaratgan. Hozirda Kreml Eronning anʼanaviy mijozlari — Xitoy, Hindiston va Turkiyaga neft-gaz sotyapti.

 

custom img

Oʻzbekiston va Gruziya munosabatlari strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi

Ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan deklaratsiya va oʻndan ortiq memorandum hamda bitimlar imzolandi.

custom img

Gruziyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze tor doirada va ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara oʻtkazdilar.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlarini xotirladi

Oʻzbekiston Prezidenti Qahramonlar maydoniga tashrif buyurib, yodgorlik poyiga gulchambar qoʻydi.

custom img

O‘zbekistonda 4–6-iyul kunlari sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Yomg‘irlar sabab suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

custom img

“Eron AQShning deyarli barcha talablariga rozi bo‘ldi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan muzokaralarda muhim siljish kuzatilayotganini bildirib, yakuniy kelishuvga yaqin qolinganini aytdi.

custom img

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 2595 kishiga yetdi

Zilziladan buyon vayronalar ostidan 6462 kishi tirik qutqarilgan.

custom img

Tailandda dahshatli YTH: 11 yoshli bola rohiblar guruhini urib yubordi

Bola 34 nafar rohiblar ketayotgan guruhni urib yuborgan, halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi.

custom img

“O‘zbekiston katta orzular amalga oshishini butun dunyoga isbotladi” — Infantino

FIFA prezidenti O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatidagi tarixiy ishtiroki bilan tabrikladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"