Kichik mehmon uylaridan yirik imperiyaga aylangan mehmonxonalar
Mehmonxona biznesi turizm tarmog‘ining ajralmas qismi hisoblanadi. Istalgan davlatda sayohat sektorini mehmonxonalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularning ayrimlari bugungi kunda yirik imperiyalarga aylangan.

Mehmonxona biznesi turizm tarmog‘ining ajralmas qismi hisoblanadi. Istalgan davlatda sayohat sektorini mehmonxonalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularning ayrimlari bugungi kunda yirik imperiyalarga aylangan. Quyida dunyoning eng yirik mehmonxona tarmoqlari bo‘lgan Hilton va Hyatt rivojlanish tarixi va bugungi holati haqida so‘z boradi
Kokteyllar bilan mashhur bo‘lgan mehmonxona
Dunyodagi eng qimmat va hashamatli mehmonxonalar orasida Hilton yetakchiliklardan hisoblanadi. Hilton Worldwide korporatsiyasiga tegishli mehmonxonalar va kurortlarning xalqaro tarmog‘idir.
Kompaniya 1919 yilda Konrad Xilton Texasning Sisko shahrida tarmoqning birinchi mehmonxonasi — Mobley Hotel ochilganda tashkil etilgan. Hilton nomini olgan birinchi mehmonxona esa 1925 yilda Dallasda ochilgan. Puerto-Rikoning San-Xuan shahrida Saribe Hilton mehmonxonasining ochilishi Hiltonni dunyodagi birinchi xalqaro mehmonxonalar tarmog‘iga aylantiradi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 1948 yilda ixtiro qilingan kokteyl Hilton mehmonxonalar tarmog‘ida ommalashgan. Aynan kokteyl barcha Hilton mehmonxonalarida taklif qilingani uchun u shunday mashhurlikka erishdi. Pinakolada kokteyli ham birinchi marta aynan shu mehmonxonada yaratilgan.
Konrad Hilton mehmonxonalarni yulduzlar bo‘yicha reytingini belgilash tizimi o‘ylab topgan shaxsdir. Shunindek, Konrad mehmonxonalarni restoranlar, kazinolar va boshqa ko‘p narsalar bilan birlashtirib, ularni oddiy bunkhouseʼlardan maroqli dam olish maskanlariga aylantirdi. Asoschining o‘z familiyasi bilan ataladigan Hilton Hotels & Resorts — Hiltonning eng yirik brendi va dunyodagi eng yirik mehmonxona tarmoqlaridan biri.
Kompaniya biznes va dam olish uchun sayohatchilarga eʼtibor qaratadi va shuning uchun yirik shahar markazlarida, aeroportlar, anjuman markazlari va butun dunyo bo‘ylab mashhur dam olish joylari yaqinida mehmonxonalar quradi.
Hiltonning bosh qarorgohi AQSHning Virjiniya shtatida joylashgan.
2020 yil 30 iyun holatiga ko‘ra, 118 ta mamlakatda kompaniyaning 6215 ta mehmonxona va kurortlari bor. Bugungi kunga kelib Hilton mehmonxonalar tarmog‘i xodimlari soni 142 mingdan ortiqni tashkil qiladi. 2021 yil holatiga ko‘ra, Hilton Worldwide korporatsiyasining daromadi 5,78 milliard dollar.
Kichik moteldan yirik boznes imperiyagacha
Hyatt Hotels korporatsiyasi Hyatt Hotels & Resorts nomi bilan tanilgan, shtab-kvartirasi Chikagoning Riverside Plaza hududida joylashgan.
Birinchi Hyatt House 1954-yilda tadbirkorlar Hyatt Robert fon Dehn va Jek Dayer Krouch tomonidan Los-Anjeles xalqaro aeroporti yaqinida motel sifatida ochilgan. 1957-yilda mehmonxonani tadbirkor Jey Pritsker 2,2 million dollarga sotib olgan. Uning ukasi Donald Pritsker ham kompaniyada muhim rol o‘ynadi. Aka-uka Pritskerlar biznes uchun havo sayohatlaridan tobora ko‘proq foydalanishni hisobga olib, yirik aeroport yaqinida yuqori sifatli mehmonxona joylashtirish qimmatli biznes strategiyasi ekanligini tushunishdi. Ikki yil ichida ular San-Fransisko xalqaro aeroporti va Siyetl-Takoma xalqaro aeroporti yaqinida Hyatt House motellarini ochishdi.
1967-yilda kompaniya Jorjiya shtatining Atlanta shahrida Hyatt Regency mehmonxonasini ochdi.
1969-yilda Hyatt xalqaro miqyosda kengayishni boshladi. Hyatt yangi mulklarni ishlab chiqish va sotib olish orqali o‘sdi, eng katta o‘sish 2004-yilda AmeriSuites (keyinchalik Hyatt Place rebrendlangan), 2005 yilda Summerfiyeld Suites (keyinchalik rebrendlangan Hyatt House) va 2018 yilda Two Roads Hospitality kompaniyasini sotib olishdan iborat bo‘ldi.
2021 yil avgust oyida Hyatt Hotels Corporation hashamatli kurortlarni boshqarish xizmatlari, sayohat va mehmondo‘stlik guruhini KKR va KSL Capital Partners filiallaridan 2,7 milliard dollarga naqd pulga sotib oldi. 2022 yil holatiga ko‘ra, 69 mamlakatda 200 ta Hyatt mehmonxonalari bor. Ularda 130 mingdan ortiq xodimlar ishlaydi. Hyatt Hotels & Resorts korporatsiyasining bosh shtab kvartirasi AQSHning Chikago shahrida.








