Siyosat

Senat raisi BAA Federal milliy kengashi raisi bilan uchrashdi

Ikki mamlakat o‘rtasida 10 milliard dollardan ziyod miqdordagi bitimlar imzolandi.

Senat raisi BAA Federal milliy kengashi raisi bilan uchrashdi

 

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

 

Ta’kidlash joiz, keyingi yillarda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Davlatimiz rahbarining ushbu davlatga rasmiy tashrifi ikki mamlakatning do‘stlik hamda sheriklik munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi, keng qamrovli hamkorlikni kengaytirishga kuchli turtki berdi. Tashrif doirasida savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm masalalari bo‘yicha hujjatlar, shuningdek, 10 mlrd AQSh dollaridan ortiq miqdorda savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi bitimlar imzolandi.

 

Senat Raisi boshchiligidagi delegatsiyaning BAA Federal milliy kengashi Raisi Saqr G‘obash bilan uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi.

 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BAA parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlar izchilligini ta’minlash, xususan, qonun ijodkorligi va parlament nazorati yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, gender tenglik va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish maqsadga muvofiq ekanligi bildirildi.

 

Senat Raisi T.Narbayeva parlamentlararo hamkorlik mamlakatlarimiz o‘rtasidagi barcha darajadagi aloqalarni rivojlantirishda muhim mexanizmlaridan biri hisoblanishi, oliy darajada erishilgan kelishuvlar asosida qabul qilingan “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini o‘rnatish hamda bu sohada Amirliklar parlamenti bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va “xalq diplomatiyasi”ning muhim jihati hisoblangan “do‘stlik guruhlari” faoliyatini jonlantirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.