0

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan jami 11 kishini qutqardi

Shuningdek, 33 nafar halok bo‘lganlar vayronalar ostidan chiqarilgan.

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan jami 11 kishini qutqardi

 

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Turkiyada ro‘y bergan talafotli zilzila oqibatida vayronalar ostida qolgan yana ikki nafar jabrlanganlarni qutqardi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

“Hatay viloyatida vayronalarni ajratish paytida qutqaruvchilarimiz yana ikki nafar jabrlanganni tiriklayin olib chiqishdi”, — deyiladi xabarda.

 

8 fevral soat 21:49 holatiga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari tomonidan jami 11 nafar jabrlangan va 33 nafar halok bo‘lganlar vayronalar ostidan chiqarilgan.

 

Maʼlumot uchun: Turkiyaga O‘zbekistondan 60 nafar FVV qutqaruvchilari va 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilgan. Ular 7 fevral kuni jo‘nab ketgandi. 7 fevral 17:00 holatiga Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 391 kishiga yetgan. Jabrlanganlar soni qariyb 63 ming kishiga yetdi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"