Sog‘liqni saqlash sohasida ochilgan yangi korxonalar soni nechta?
Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1 fevral holatiga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 442 tani tashkil etgan.
✅ 2023-yilning yanvar oyida bu sohada 118 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
✅ Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:
— Toshkent shahri – 34 ta
— Farg‘ona viloyati – 13 ta
— Xorazm viloyati – 11 ta
— Qashqadaryo viloyati – 10 ta.







