0

Dunyo yangi pandemiyaga duch kelishi mumkin

Mazkur xastalik 1996-yildan buyon avj olayotgan edi.

Dunyo yangi pandemiyaga duch kelishi mumkin

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ogoh etishicha, mamlakatlar yangi pandemiya ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rishlari zarur.

 

Chunki so‘nggi haftalarda norka, tulki, dengiz mushugi kabi bir qator sut emizuvchilar turkumiga mansub yovvoyi hayvonlarda parranda grippi (H5N1) virusi aniqlandi.

 

Vaholanki, 1996 yildan buyon bu xastalik yovvoyi qush va mahalliy parrandalar orasida avj olayotgan edi. Endi esa u sut emizuvchilar turkumiga mansub jonivorlarga yuqayotgani xavotirlarga sabab bo‘lmoqda.

 

Ushbu xastalik kamdan-kam holatlarda odamlar o‘rtasida tarqalishi qayd etilgan.

 

“Ammo bu holat kelajakda ham faqat shunday davom etishini taxmin qilolmaymiz, — deydi T. Gebreyesus. — Shunday ekan, har qanday o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Odamlar esa infeksiyadan zararlangan va kasallikdan o‘lgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.”

 

JSST rahbarining taʼkidlashicha, COVID-19 pandemiyasi barchamiz uchun saboq bo‘lishi kerak.

 

"To‘g‘ri, hozir koronavirus bilan kurashish tajribasiga egamiz. Ammo qurbonlar ko‘p bo‘ldi va hozir ham kasallik minglab bemorlar o‘limiga olib kelmoqda", — deyiladi xabarda.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"