Qochqindan milliarderga aylangan vyetnamlik qissasi

Hech qanday reklamasiz oddiy Sous ortidan Devid Tran bugun Los-Anjelesning eng boy odamlaridan biri. U bu muvaffaqiyatga qanday erishdi?

Qochqindan milliarderga aylangan vyetnamlik qissasi

 

Los-Anjelesga ko‘chib kelgandan 45 yil o‘tib Devid Tran shriracha sousini ishlab chiqarishni ko‘p milliardli biznesga aylantira oldi. NPD Group tadqiqot firmasi maʼlumotlariga ko‘ra, xo‘roz logotipli idish va taniqli yashil qopqoqni AQSHning har o‘ninchi oshxonasida ko‘rish mumkin. Huy Fong Foods achchiq souslari hissasiga Amerika bozorida shu turdagi mahsulotlarning 1/3 qismi to‘g‘ri keladi. Uning yillik daromadi 1.5 milliard dollarga baholanmoqda.

 

1978 yilda 33 yoshli Devid Tran Vyetnamdagi uyini 100 unsiya oltin bilan tark etadi. O‘sha paytda bu 20 ming dollar (hozirda 90 ming dollarga teng) baholangandi. U mamlakatdagi kommunistlarni chalg‘itish maqsadida boyligini quyultirilgan sut bankasida yashiradi. Tran yuk kemasida Gonkongga ketadi. Bu yerda vyetnamlik 8 oy qochqinlar lagerida yashaydi va shundan keyin Bostonga ko‘chib ketadi. Olti oydan so‘ng u Los-Anjelesga o‘rnashadi.

 

Shaharda Tran oltinning bir qismini sotadi va 232,26 kv. metrli bino sotib oladi. U Huy Fong Foods kompaniyasiga asos soladi. Bundan ko‘zlangan maqsad achchiq Sous ishlab chiqarish edi. Sous shriracha deb nomlanadi. Uning retsepti Tailanddan keltirilgan edi. Kompaniya Tayvanning Huey Fong kemasi sharafiga nomlangan, chunki aynan shu kemada Tran Gonkongga qochib o‘tgan edi.

 

40 yildan keyin shrirachani Amerikaning “Survivor” realiti-shousida, xalqaro kosmik stansiyada va butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlar tushlik stolida ko‘rish mumkin.

 

IBISWorld kompaniyasi maʼlumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda Huy Fong Foods narxi 1 milliard dollarga baholangan. Bu 77 yoshli Tranni achchiq Sous ishlab chiqaruvchi yagona amerikalik milliarderga aylantirgan. Chunki u kompaniyaga to‘liq egalik qiladi. Huy Fong Foods‘ning boshqa raqobatchilari yirik korporatsiyalar tomonidan “yutib yuborilgan bo‘lsa-da, Tran firmani sotmoqchi emas. U ikki nafar farzandi — 41 yoshli Uilyam va 41 yoshli Yassiga kompaniyani qoldirish niyatida.

 

Eʼtiborli tomoni, Huy Fong Foods souslari reklamasi uchun bir sent ham to‘lanmagan va uning narxi 80 yillarning boshiga qadar ulgurji narxdan baland sotilmagan. Shuningdek, kompaniya o‘z fabrikalaridan biridan chiqayotgan hid uchun o‘tgan yili sudda javobgarlikka ham tortilgan va faoliyatini bir vaqt to‘xtatishga ham majbur bo‘lgandi. Bu shrirachaning chakana narxining keskin oshishiga sabab bo‘ldi: restoran va isteʼmolchilar uning zaxirasini shakllantirish uchun katta miqdorda sousni sotib olishgandi.

 

Tran muvaffaqiyatlardan o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi.

 

“Men sifatli mahsulot ishlab chiqarishni davom ettirmoqchiman. Masalan, yana-da achchiqroq Sous ishlab chiqarish niyatim bor. Va foyda olish haqida o‘ylamayman”, – degan u Forbes bilan suhbatda.

 

 Tran omadli biznesmenga qadar mashaqqatli yo‘ni bosib o‘tdi. U 1945 yilda Vyetnamning Shokchang provinsiyaida tug‘ilgan. O‘sha paytda mamlakat Fransiya mustamlakasi edi. Maʼlumotlarga ko‘ra, uning otasi savdogar, onasi uy bekasi bo‘lgan. Deviddan tashqari, oilada sakkizta farzand bo‘lgan.

 

16 yoshida u Saygonga (hozirgi Xoshimin) ko‘chib ketadi. Bu yerda kimyoviy moddalar do‘konida ishlaydi. Keyinchalik u Shokchangga maktabda taʼlimni davom ettirish uchun qaytadi. Ammo taʼlimni tamomlab ulgurmay,  Janubiy Vyetnam armiyasiga chaqiriladi.

 

“Menda tanlov imkoniyati yo‘q edi. Kechqurun politsiyachi eshigimni taqillatdi”, – deb eslagan u keyinchalik.

 

Tran hech qachon jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. U asosan oshpaz bo‘lib xizmat qilgan. xizmatni 1975 yilda yakunlaydi. O‘sha yili Shimoliy Vyetnam mamlakatni birlashtiradi. Shu voqealardan bir necha oy oldin u hozirgi rafiqasi Ado bilan turmush quradi. Urushdan keyin akasi bilan ishlaydi. Ular chili qalampiri yetishtirish bilan shug‘ullanishadi. Aynan o‘sha paytda Devid ilk bor Sous ishlab chiqarishni boshlagan: armiya oshpazi sifatida u tez-tez Sous tayyorlaydi. Ammo bo‘lajak milliarder ularning yetarli achchiq emasligini va esda qolarli taʼmga ega emasligini sezib qoladi. Shu sababli u yangi uzilgan chili sotib olish va konservalashga qaror qildi. 

 

Tran, uning katta akasi va qaynotasi uyda achchiq Sous tayyorlay boshlaydi. Ular tayyor mahsulotni Gerber bolalar bo‘tqasidan bo‘shagan idishlarga solishadi. Ammo 1978 yilda Vyenamning kommmunistlardan iborat hukumati kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan vyetnamliklarni mamlakatdan chiqib ketishga majbur qiladi. Shu sababli kelib chiqishi kantonlik bo‘lgan Tran va uning oilasi hammasini tashlab, Gonkong tomon suzayotgan kemaga chiqishga majbur bo‘lishadi. 1980 yil yanvarida Tran oilasi bilan Los-Anjelesga ko‘chib o‘tishadi. Bu yerda har doim yangi uzilgan qalampir topish mumkin edi. 1980 yilda esa Huy Fong Foods kompaniyasiga asos solinadi.

 

Daslat shriracha Chevrolet furgonida sotila boshlanadi. 1987 yilda talab shu darajada oshib ketadiki, u Huy Fong Foods‘ni Rouzmidga ko‘chiradi. 10 yil ichida u sobiq Wham-O fabrikasini sotib oladi.

 

2010 yilda kompaniya hozirgi ofisiga ko‘chib o‘tadi (60 387 kv. M). U Irvindeylda joylashgan. Ammo katta talab bilan birga ayrim muammolar ham boshlanadi: 2013 yilda Irvindeyl shahri kompaniyani chili hidi tufayli sudga beradi. Uning fabrikalaridan chiqayotgan hidlar “jamoat tartibini buzish” sifatida baholanadi. Bu boshqa shtatdagi fabrikalarga qarshi kampaniyaga ham sabab bo‘ladi. Texaslik senator Ted Kruz esa Trandan “Oltin shtat”ni tark etishni talab qiladi.

 

Odatda OAVda chiqishlardan qochadigan tadbirkor fabrikada ommaviy ekskursiya tashkil qiladi.

 

“Tranni qiziq qilib ko‘rsatadigan narsalardan biri — u o‘z tarixini so‘zlab bermasligi. Uni qiziqtiradigan yagona narsa — o‘z biznesini sidqidildan davom ettirish” – degandi shriracha haqida hujjatli film ishlagan Griffin Xemmond.

 

Bir necha yil oldin kuzatilgan chili tanqisligiga qaramay, bugun kompaniya soatiga 18 ming idishda shriracha ishlab chiqarmoqda. Shuningdek, Huy Fong Foods yana ikki achchiq Sous ishlab chiqaradi: sambal va sarimsoq piyozli chili.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.